Safar Barnoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Safar Barnoyev — (1938-2001) o‘zbek bolalar shoiri va yozuvchisi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoir 1938-yil Buxoro shahrining Dilkusho mahallasida tug‘ilgan. 1949—1959-yillarda o‘rta maktabni tugatgach, harbiy xizmatga ketadi. 1960—1961-yillarda Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi sho‘ro xo‘jaligida hisobchi vazifasida ishlaydi. 1961-1966-yillarda ToshDUning (hozirgi O‘zMU) jurnalistika bo‘limida tahsil oladi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1959-yili uning birinchi sheʼri hozirgi Tong yulduzi gazetasida e‘lon qilingan. 1966-yilning mart oyida Tong yulduzi gazetasi tahririyatiga ishga taklif qilingan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

''Tog'lardaman'' birinchi she‘riy to‘plami

''Birinchi tabassum'' qissa

''Nur yog‘ilgan kun'' qissa

''Dadamning qo‘llari''

''Sog‘inch''

''Yulduzxon va Bahorjon''

''Askar qaytgan kun''

''Oq laylaklar''

''Chehralar''

''Egizaklar''

''Mukofot''

''Tinchlikni ulug‘laymiz''

''Karimjon-karlson''

''Dadam haqida qo‘shiq''

''Yangi kunlar''

''Nilufarning olmalari''

''Kichkina Xo‘ja Nasriddin''

Uning ''47-yil hikoyalari'', ''Afg‘on bolalari'' hikoyalar turkumi adabiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]