Ruud Vormer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rudy Willem „Ruud“ Vormer (talaffuzi: Rudi Villem (Ryd) Vormer; 1988-yil 11-mayda Niderlandiyaning Horn shahrida tugʻilgan) gollandiyalik futbolchi, „Brugge“ futbol klubi va Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Ruud Vormer
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rudy Willem Vormer
Tavallud sanasi 11-may 1988-yil (1988-05-11) (35 yosh)
Tavallud joyi Hoorn, Niderlandiya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Club Brugge
Raqami 25
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 AZ 19 (0)
2008—2012 Roda JC 120 (9)
2012—2014 Feyenoord 39 (3)
2014— Club Brugge 228 (49)
Milliy terma jamoa
2018— Niderlandiya 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-avgust uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vormer Brugge futbol klubi safida

Vormer „AZ“ futbol klubining bitiruvchisi hisoblanadi. 2005-yilda u Erediviziya jamoasida debyut qilgan. Oʻzining birinchi mavsumida Vormer Gollandiya kubogining finalchisi boʻlgan. Ryud har doim ham jamoaning oʻyinlarga bormasdi, shuning uchun 2008-yilda u jamoani tark etdi va „Roda“ futbol klubiga qoʻshildi. 30-avgust kuni „Tvente“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Vormer yangi klubida debyut qildi[1]. 2009-yil 13-dekabrda „Villem II“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Rudy Willem „Roda“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urdi[2].

2012-yilning yozida, „Roda“ futbol klubi safidagi muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, Vormer „Feyenoord“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 12-avgust kuni „Utrecht“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[3]. 1-sentabr kuni o‘zining sobiq jamoasi „Roda“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Rudy Willem „Feyenoord“ futbol klubi safidagi ilk golini urib, penaltini aniq amalga oshirdi[4]. 2014-yilda u klubga chempionatning kumush medalini qoʻlga kiritishda yordam bergan.

Mavsum oxirida Vormer Niderlandiyadan qoʻshni Belgiyaga joʻnab ketdi va „Brugge“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 14-sentabr kuni „Genk“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Yupilligada debyut qildi[5]. 22-noyabr kuni „Waasland Beveren“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Rudy Willem Belgiya jamoasi safida ilk golini urdi[6]. 6-noyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Daniyaning „Copenhagen“ jamoasiga qarshi oʻyinda Vormer oʻzining birinchi xalqaro turnirdagi golini urdi[7] . „Brugge“ futbol klubidagi birinchi mavsumida Rudy Willem Belgiya kubogini qoʻlga kiritdi va bir yildan soʻng mamlakat chempioni boʻldi. 2018-yilda u ikkinchi marta Belgiya chempionligini qoʻlga kiritdi. 2018-yilning 6-noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Fransiyaning „Monaco“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urdi[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 31-may kuni Slovakiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinning ikkinchi bo‘limida Donni van de Bek o‘rniga maydonga tushdi va Vormer Gollandiya terma jamoasi safida debyut qilgan[9].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
AZ Alkmaar Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2006—2008 21 0
Roda JC Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2008—2012 137 11
Feyenoord Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2012—2014 54 4
Club Brujas Belgiya bayrogʻi Belgiya 2014— 356 62

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Рода VS. Твенте 1:1“ (en). soccerway.com (2008-yil 30-avgust). 2015-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  2. „Виллем II VS. Рода 1:3“ (en). soccerway.com (2009-yil 13-dekabr). 2015-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  3. „Утрехт VS. Фейеноорд 0:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-avgust). 2015-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  4. „Фейеноорд VS. Рода 4:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 1-sentyabr). 2015-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  5. „Генк VS. Брюгге 1:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 14-sentyabr). 2019-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  6. „Брюгге VS. Васланд-Беверен 4:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 22-noyabr). 2015-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  7. „Копенгаген VS. Брюгге 0:4“ (en). soccerway.com (2014-yil 6-noyabr). 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  8. „Монако VS. Брюгге 0:4“ (en). soccerway.com (2018-yil 6-noyabr). 2018-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-noyabr.
  9. „Словакия VS. Нидерланды 1:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 31-may). 2018-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.