Roman Serix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roman Serix
Tavalludi 3-iyul 1940-yil
Toshkent
Vafoti 15-sentyabr 2008-yil
Moskva
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Ilmiy darajasi fan doktori
Ilmiy unvoni professor

Roman Leonidovich Serix (3-iyul 1940-yil, Toshkent 15-sentabr 2008-yil, Moskva) temirbeton nazariyasi sohasida sovet va rossiyalik olim[1], deformatsiyalanadigan qattiq jism mexanikasi, betonning mustahkamligi va deformatsiyasi boʻyicha olim.

Sovet temir-beton nazariyasi ilmiy maktabining asoschisi A. A. Gvozdevning shogirdi.

Roman Leonidovich Rossiya muhandislik akademiyasining aʼzosi, texnika fanlari doktori hamda professor boʻlgan. Rossiya arxitektura va qurilish fanlari akademiyasining maslahatchisi boʻlgan. 1998–2008-yillarda Rossiya arxitektura-qurilish ensiklopediyasi bosh tahririyatining aʼzosi hamda 1992–2008-yillar oraligʻida „Beton i jelezobeton“ jurnalining bosh muharriri boʻlib faoliyat yuritgan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serix mehnat faoliyatini 19 yoshida SSSR transport qurilishi vazirligi Sredaztransstroyning 8-qurilish uchastkasida gʻisht teruvchi sifatida boshlagan. Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini va sovet armiyasi safida muddatli xizmatni tugatgandan soʻng, Oʻzbekiston SSR qurilish vazirligining Glavtashkentstroy boʻlinmasida qurilish ustasi boʻlib ishlagan. 1966-yildan 1968-yilgacha OʻZSSJ qishloq qurilish vazirligi va SSSR energetika va elektrlashtirish vazirligining loyiha institutlarida muhandis boʻlib ishlagan.

Roman sogʻligi yomonlashgani sababli NIIJB direktori lavozimini tark etib, 1994-yilda Rossiya arxitektura va qurilish fanlari akademiyasining ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi boshligʻi lavozimiga oʻtgan. 1996-yildan 2002-yilgacha boʻlgan davrni Rossiya davlat ilmiy-tadqiqot instituti davlat xizmatiga bagʻishlagan. U yerda qurilish va ishlab chiqarish texnologiyalari bilan shugʻullanadigan boʻlimlarga rahbarlik qilgan.

Ilmiy darajalari va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serix 1965-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini (Tashiit) temir yoʻl qurilishi va yoʻl xoʻjaligi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Roman Leonidovich 1972-yilda Moskva avtomobil-yoʻl instituti aspiranturasini qurilish konstruksiyalari mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[2]. 1979-yilda „qrilish konstruksiyalari“ mutaxassisligi boʻyicha katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilgan[3]. Roman 1987-yilda „namlik taʼsirida har xil turdagi va konstruksiyalardagi betonlarning mustahkamligi va deformatsiyasi“ mavzusida dissertatsiya himoya qilgan va texnika fanlari doktori boʻlgan[4]. 1991-yilda qurilish konstruksiyalari kafedrasida[5] professor ilmiy unvoniga sazovor boʻlgan.

Professor Yuriy 1990-yilda SSSR muhandislik akademiyasining haqiqiy aʼzosiga [6] aylangan, 1992-yilda esa xalqaro muhandislik akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylandi.

Yuriy 2008-yilda vafot etdi. Vagankovskoye qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Михайлов 2004.
  2. Министерство высшего и среднего специального образования СССР. Высшая аттестационная комиссия. Диплом кандидата наук : МТН № 099358 : решение Совета Московского автомобильно-дорожного института от 7 мая 1974 года (протокол № 7). 
  3. Reshenie Visshey attestatsionnoy komissii pri Sovete Ministrov SSSR ot 25 июля 1979 goda (protokol № 28n/14).
  4. Высшая аттестационная комиссия при Совете Министров СССР. Диплом доктора наук : ТН № 006639 : решение ВАК при Совете Министров СССР от 27 марта 1987 года (протокол № 12д/36). 
  5. Reshenie Gosudarstvennogo komiteta SSSR po narodnomu obrazovaniyu ot 28 марта 1991 goda № 3/201-p.
  6. Инженерная академия СССР. Диплом № 113 : протокол № 6 общ. собрания Инженерной академии СССР от 10 декабря 1990 года.