Rodrygo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rodrygo
Rodrygo "FC Santos" safida, 2018
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rodrygo Silva de Goes
Tavallud sanasi 9-yanvar 2001-yil (2001-01-09) (23 yosh)[1]
Tavallud joyi Osasko, Braziliya
Boʻyi 1.74 m[2]
Ampluasi Oʻng qanot hujumchi, vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011-2017 Santos FC akademiyasi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017-2019 Santos FC 41 (9)
2019- Real Madrid 74 (7)
2019 Real Madrid Kastilya 3 (2)
Milliy terma jamoa
2017-2018 Braziliya U17 4 (3)
2018-2019 Braziliya U20 10 (3)
2019- Braziliya U23 6 (1)
2019- Braziliya 5 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-may uchun)

Rodrigo Silva de Goes 2001-yil 9-yanvarda tugʻilgan, Rodrigo nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Real Madrid“ klubi va Braziliya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.

U oʻz faoliyatini „Santos“da boshlagan, 2019 yilda Real Madridga 45 million yevriga transfer qilingunga qadar 80ta oʻyin oʻtkazib, 17 gol urgan. Xalqaro miqyosda Rodrigo Braziliya terma jamoasi safida 2019 yilda atigi 18 yoshida debyut qilgan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Santos[tahrir | manbasini tahrirlash]

San-Pauluning Osasko shahrida tugʻilgan Rodrigo 2011-yilda oʻn yoshida „Santos“ yoshlar jamoasiga qoʻshilgan va dastlab futzal jamoasiga tayinlangan. 2017-yil mart oyida Peruda Libertadores kubogi uchun Sporting Kristalga qarshi oʻyin oldidan murabbiy Dorival Junior tomonidan asosiy jamoa mashgʻulotlariga chaqirildi[3].

2017-yilning 21-iyulida Rodrigo besh yillik shartnomaga rozilik bildirgach, oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi[4]. 1-noyabrdan vaqtinchalik murabbiy Elano uni asosiy tarkibga kiritdi[5].

Rodrigo oʻzining birinchi jamoasi va A seriyadagi debyutini 2017+yilning 4-noyabrida "Atletiko Mineiro"ga qarshi mezbon 3:1 hisobida gʻalaba qozonganilgan oʻyinda oʻtkazib, Bruno Henriquening oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[6]. 25-yanvarda birinchi golini urdi va „Ponte Preta“ga qarshi safarda „Kampeonato Paulista“ doirasidagi oʻyinda (2:1) soʻnggi daqiqada toʻp kiritib jamoasi gʻalabasini taʼmiladi[7].

Real Madrid[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 15-iyunida "Real Madrid" Rodrigoning transferi bo‘yicha „Santos“ bilan kelishuvga erishdi, futbolchi 2019-yilning iyunida „Qaymoqranglilar“ safiga o‘tdi va 2025-yilgacha shartnoma imzoladi[8][9]. Mish-mishlarga koʻra, toʻlov 45 million yevroga teng edi,[10] Santos bu transferning 80 foizi yaʼni 40 million yevro oldi, chunki transfer huquqining qolgan qismi Rodrigoning agentlariga tegishli edi[11].

2019-yil 25-sentabrda Rodrigo madridliklar safidagi debyutini o‘tkazdi va atigi bir daqiqa ichida „Osasuna“ darvozasiga musobaqadagi ilk golini kiritdi[12]. 6-noyabr kuni 18 yosh-u 301 kunligida, UEFA Chempionlar Ligasi 2019-20 mavsumida Galatasaroyga qarshi oʻyinda (6:0) oʻzining birinchi va mukammal xet-trikiga erishib, bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi[13]. Shu orqali u mazkur musobaqada xet-trik qayd etgan ikkinchi eng yosh futbolchi, shuningdek, turnirda gol urgan 21-asrda tugʻilgan birinchi futbolchi boʻldi[14]. Realdagi debyut mavsumida 19ta oʻyin oʻtkazib, ikki marta raqiblar darvozasini ishgʻol qildi, „Real Madrid“ 2019-20 yilgi mavsumda La Ligada gʻolib chiqdi[15]. 2020-yil 3-noyabrda Rodrigo 2020-21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida "Inter" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda hal qiluvchi golga mualliflik qildi[16].

2022-yilning 12-aprelida UEFA Chempionlar ligasining 2021-22-yilgi mavsumi chorak finalida "Chelsi"ga qarshi javob o‘yinida zaxiradan maydonga tushib, gol urdi va o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga oʻtishini taʼminladi. Ekstra taymlarda Karim Benzema tomonidan bosh bilan urilgan gʻalaba goli „Real Madrid“ga yarim final chiptasini naqd qildi[17]. 30-aprel kuni Rodrigo Bernabeuda „Espanyol“ga qarshi oʻyinda (4:0) dubl qayd etdi va „Real“ 35-bor La Liga chempionligini qoʻlga kiritdi[18]. 4-may kuni Chempionlar ligasi yarim finalida „Manchester Siti“ga qarshi javob o‘yinida jamoa 0:1 (umumiy hisobda 3:5) hisobida ortda qolayotganda maydonga tushib, 89- va 91-daqiqalardagi ikkita goli bilan hisobni tenglashtirdi va o‘yinni qoʻshimcha boʻlimlarga oʻtkazdi. Ekstra taymda Benzema penaltini aniq amalga oshirib, 3:1 (umumiy 6:5) hisobida gʻalaba qozonildi va „Real Madrid“ "Liverpul"ga qarshi finalga yoʻl olib, yakunda turnirda gʻalaba qozondi[19][20]. „Siti“ga qarshi gʻalaba va boshqa soʻnggi daqiqalardagi gʻalabali hissalaridan soʻng, Rodrigoning yosh boʻlishiga qaramay, jamoaga taʼsiri maqtovga sazovor boʻldi va u tezda Madridda qahramonga aylandi[21].

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rodrigo 2020-yilda

2017-yil 30-mart kuni Rodrigo Braziliyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasiga Montaigu turniriga chaqirildi[22]. U chempionatdagi debyutida Daniyaga qarshi oʻyinda (2:1) oʻz jamoasining yagona golini urdi va Kamerun hamda AQShga qarshi oʻyinda yana ikkita golga mualliflik qildi[23].

2018-yilning 7-martida Rodrigo va „Santos“dagi jamoadoshi Yuriy Alberto 20 yoshgacha bo‘lganlar jamoasiga chaqirildi [24], biroq olti kundan so‘ng ikkalasi ham o‘z klubi prezidenti so‘rovidan so‘ng jamoadan chetlashtirildi[25].

2019-yilning noyabr oyida Rodrigo Saudiya Arabistonining Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Argentina terma jamoasiga qarshi Superklasiko de las Américasbirinchi marta Braziliya kattalar jamoasiga chaqirildi[26]. 15-noyabr kuni 1:0 hisobidagi mag‘lubiyatda u so‘nggi 20 daqiqada Villian oʻrniga almashtirildi[27].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rodrigoning otasi Erik sobiq professional futbolchi hisoblanadi. Oʻng qanot himoyachisi, u Braziliya futbolining bir necha divizionlarida oʻynagan, ularning eng yuqorisi B Seriya edi [28].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 28-may holatiga koʻra[29]
Klub Mavsum League State League Cup Continental Other Total
Division Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals
Santos 2017 Série A 2 0 2 0
2018 Série A 35 8 12 3 3 0 8 1 58 12
2019 Série A 4 1 10 1 6 3 0 0 20 5
Total 41 9 22 4 9 3 8 1 80 17
Real Madrid Castilla 2019-20 Segunda División B 3 2 3 2
Real Madrid 2019-20 La Liga 19 2 1 1 5 4 1 0 26 7
2020-21 La Liga 22 1 0 0 11[lower-alpha 1] 1 0 0 33 2
2021-22 La Liga 33 4 3 0 11[lower-alpha 1] 5 2[lower-alpha 2] 0 49 9
Total 74 7 4 1 27 10 3 0 108 18
Career total 118 18 22 4 13 4 35 11 3 0 191 37
  1. 1,0 1,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named UCL
  2. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named SCE

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 29 March 2022[29]
Braziliya
Yil Ilovalar Maqsadlar
2019 2 0
2020 1 0
2022 2 1
Jami 5 1

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Real Madrid

Individual

  • Campeonato Paulista eng yaxshi yangi kelgan: 2018 [35]
  • Goal.com NxGN: 2020 [36]
  • IFFHS Menʼs Youth (U20) Jahon terma jamoasi : 2020, [37] 2021 [38]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Inspiração em Neymar e pai jogador: conheça Rodrygo, nova joia do Santos“ [Inspiration in Neymar and father footballer: know Rodrygo, new pearl of Santos] (pt). Globo Esporte (2016-yil 16-avgust). 2019-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-noyabr.
  2. „Real Madrid profile“. 2019-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-iyul.
  3. „Na mira europeia, jogador de 16 anos faz treinos no profissional do Santos“ (pt). Lance! (2017-yil 10-mart). 2019-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-noyabr.
  4. „Rodrygo, revelação da base, assina o primeiro contrato profissional com o Santos FC“ (pt). Santos FC (2017-yil 21-iyul). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-noyabr.
  5. „Elano anuncia promoção de Rodrygo e Yuri Alberto ao time profissional do Santos“ (pt). ESPN Brasil (2017-yil 1-noyabr). 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-noyabr.
  6. „Santos sofre, mas vence Atlético-MG de Robinho e fica a três pontos do líder“ (pt). Globo Esporte (2017-yil 4-noyabr). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
  7. „Sasha e 'nova promessa' do Santos viram o jogo e dão vitória contra a Ponte“ (pt). UOL Esporte (2018-yil 25-yanvar). 2019-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-yanvar.
  8. „Official Announcement: Rodrygo Goes“. Real Madrid C.F. (2018-yil 15-iyun). 2019-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyun.
  9. „Nota oficial“ (pt). Santos FC (2018-yil 15-iyun). 2018-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyun.
  10. „Real Madrid transfer news: €45 million deal agreed for Santos wonderkid Rodrygo“. Goal.com (2018-yil 15-iyun). 2019-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyun.
  11. „Santos striker Rodrygo signs for Real Madrid until 2025“. Sport (2018-yil 15-iyun). 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyun.
  12. „Rodrygo becomes Real Madrid's first 21st century scorer“. Marca (2019-yil 25-sentyabr). 2019-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-sentyabr.
  13. „Rodrygo makes Champions League history with quickfire Real Madrid double“. Goal.com (2019-yil 6-noyabr). 2019-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.
  14. „Rodrygo scores perfect hat-trick in Real Madrid UCL rout“. as.com (2019-yil 6-noyabr). 2019-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.
  15. „Real Madrid win the longest LaLiga Santander season“. Marca (2020-yil 17-iyul). Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
  16. „Real Madrid 3–2 Inter Milan“. BBC Sport (2020-yil 3-noyabr).
  17. „Real Madrid 3–2 Chelsea“. BBC Sport (2022-yil 12-aprel).
  18. „Real Madrid 4–0 Espanyol“. BBC Sport (2022-yil 30-aprel).
  19. „Real Madrid in final after Rodrygo and Karim Benzema stun Manchester City“. The Guardian (2022-yil 4-may).
  20. „La Decimocuarta!“. Real Madrid C.F. – Web Oficial (2022-yil 7-iyun).
  21. „Rodrygo is the silent assassin who drips with Madrid's terrible purpose“. Planet Football (2022-yil 7-iyun).
  22. „Seleção Sub-17 convocada para Torneio de Montaigu“ (pt). CBF (2017-yil 30-mart). 2018-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-noyabr.
  23. „Oito gols em quatro jogos: quarteto do Peixe se destaca na Seleção sub-17“ (pt). Lance! (2017-yil 17-aprel). 2019-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-noyabr.
  24. „Rodrygo e Yuri Alberto, do Santos, substituem joias do Flamengo na seleção sub-20“ (pt). Globo Esporte (2018-yil 7-mart). 2019-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-may.
  25. „Após ida de Peres ao Rio, CBF libera Rodrygo e Yuri Alberto da seleção“ (pt). Lance! (2018-yil 13-mart). 2019-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-may.
  26. Munday, Billy. „Rodrygo gears up for his Brazil bow against Argentina“. Marca (2019-yil 11-noyabr). 2019-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-noyabr.
  27. Train, Rob. „Real Madrid: Rodrygo makes full debut for Brazil against Argentina“. Diario AS (2019-yil 15-noyabr). 2019-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-noyabr.
  28. „Filho de Eric se destaca na base do Santos e é chamado de Neymarzinho“ (pt). Globo Esporte (2013-yil 27-fevral). 2019-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-noyabr.
  29. 29,0 29,1 Rodrygo Soccerway saytida. Qaralgan sana: 4 November 2017.
  30. „Real Madrid win 2019/20 LaLiga Santander“. LaLiga (2020-yil 16-iyul). Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
  31. Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (2022-yil 30-aprel). Qaraldi: 2022-yil 30-aprel.
  32. „Real Madrid win the Supercopa from the spot“. Marca (2020-yil 12-yanvar). 2020-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-yanvar.
  33. Mctear, Euan. „Modric and Benzema fire Real Madrid to the Supercopa title“. Marca (2022-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
  34. „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2022-yil 28-may). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  35. „Com domínio do Palmeiras, Seleção é premiada recheada de finalistas“ (pt). Federação Paulista de Futebol (2018-yil 9-aprel). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-aprel.
  36. „Rodrygo and Oberdorf win NxGn 2020 awards for world's best teenage talents“. 2020-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
  37. „THE WORLD'S YOUTH MEN TEAM OF THE YEAR 2020 (U20) by IFFHS“. IFFHS (2021-yil 3-aprel).
  38. „IFFHS MEN'S YOUTH (U20) WORLD TEAM OF THE YEAR 2021“. iffhs.com. IFFHS (2021-yil 9-dekabr). 2021-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.