Robinson Joan Vayolet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ROBINSON (Robinson) Joan Vayolet (1903.31.10, Kamberli — 1983. London) — ingliz iqtisodchisi. Kembrij universitetini tugatgan. 1965—71 yillarda shu untda professor A. Marshall maktabining taniqli vakili. R. makroiqtisodiy jarayonlar taxlilidagi umumiy yondoshuvlarda J.M.Keynsta, taxlilning asosiy kategoriyalari (daromad, ish haqi, foiz kapital)ga yondoshuvda A. Marshall va D. Rikardoga tayanadi. 20-asrning 30-yillari boshida nomukammal raqobat nazariyasini, 50-yillarda oʻzining iqtisodiy oʻsish nazariyasini yaratdi. 1933-yilda nashr etilgan "Nomukammal raqobat iqtisodiyoti" asari unga katta shuhrat keltirdi. R.ning asarlari monopoliyalar faoliyatida bozorlarning oʻrni muammolarini aniqlash va oʻrganishga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil