Robin Ammerlaan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Robin Ammerlaan
Mamlakat Nederlandiya
Istiqomat joyi Elen, Belgiya
Tugʻilishi 26-fevral 1968-yil (1968-02-26) (56 yosh)
Nederlandiya
Professionallik 1998
Faoliyati tugashi 2012
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Rasmiy sayti www.robinammerlaan.nl
Yakkalik bahslar
Eng yuqori pozitsiyasi No.1 (29-iyul 2002)
Joriy pozitsiyasi -
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open W (2002)
French Open F (2007, 2008)
US Open W (2005, 2006)
Masters W (1999, 2000, 2003, 2005, 2006, 2007)
Paralympic Games Gold Medal (2004)
Juftlik bahslari
Jami titullari 88
Eng yuqori pozitsiyasi No.1 (29-mart 2004)
Joriy pozitsiyasi -
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open W (2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2012)
French Open F (2008, 2009)
Wimbledon W (2007, 2008, 2010)
US Open W (2005, 2006)
Masters Doubles F (2000, 2010)
Paralympic Games Gold Medal (2000)

Robin Ammerlaan (1968-yil 26-fevralda Gaagada tugʻilgan)[1][2] — gollandiyalik sobiq professional tennischisi. Robin Ammerlaan nogironlar aravachasida tennis oʻyanagan, boshqa nogironligi bor boʻlgan kishilarga ham oʻrnak boʻla olgan shaxs. Yakkalik va juftlik bahslarida sobiq jahon birinchi raqamli 14 karra chempion va ikki karra Paralimpiya oltin medali sohibi. Oʻng qoʻl bilan oʻyinnovchi, sevimli yuzasi gilam boʻlgan, Gert Bolk unga murabbiylik qilgan. Uning nogironlar aravachasi Invacare tomonidan ishlab chiqarilgan. Ammerlaan 2012-yilgi London Paralimpiya oʻyinlaridan soʻng professional tennis faoliyatini yakunladi.[3]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Robin Ammerlaan, Robin Ammerlaan familiyasi bilan mashxur sportchilar oilasi edi. 1968-yil 26-fevralda Niderlandiyaning Gaaga shahrida tugʻilgan. Gaaga Niderlandiyaning Gaaga shahrida joylashgan goʻzal va aholi gavjum shahardir. Robin Ammerlaan sportchi sifatida karyerasiga maktabdagi majburiy taʼlimni tugatgandan soʻng kirdi.

Paralimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sidney 2000-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Ricky Molier bilan nogironlar aravachasidagi tennis erkaklar juftligi uchun oltin medalni qoʻlga kiritdi.[4] Finalda ular avstraliyalik Devid Jonson va Devid Xollga qarshi bahs olib borishdi.

Afina 2004-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

U nogironlar aravachasi tennis boʻyicha erkaklar yakkalik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.[5] Finalda u avstraliyalik Devid Hallga qarshi tennis maydoniga chiqdi.

Pekin 2008-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nogironlar aravachasidagi tennischilar oʻrtasida yakkalik bahslarda 2008-yil kumush medalni qoʻlga kiritdi.[6] Ammo, finalda yaponiyalik Shingo Kuniedadan magʻlub boʻlgan.

Grand Slam (Katta dubulgʻa) unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkalik bahslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2006-yilː Fransiya ochiq chempionati
  • 2005-yilː AQSh ochiq
  • 2005-yilː Avstraliya ochiq chempionati
  • 2003-yilː Avstraliya ochiq chempionati
  • 2002-yilː Avstraliya ochiq chempionati

Juftlik bahslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2008-yilː Wimbledon (Vink bilan)
  • 2007-yilː Wimbledon (Vink bilan)
  • 2007-yilː Avstraliya ochiq chempionati (Kunieda bilan)
  • 2006-yilː US Open (Jeremiaz bilan)
  • 2006-yilː Avstraliya ochiq chempionati (Legner bilan)
  • 2005-yilː US Open (Jeremias bilan)
  • 2005-yilː Avstraliya ochiq chempionati (Legner bilan)
  • 2004-yilː Avstraliya ochiq chempionati (Legner bilan)
  • 2003-yilː Avstraliya ochiq chempionati (Kruszelnicki bilan)

Sport faoliyati tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkalik bahslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir 2007 2008 2009 2010 2011 SR W-L
Grand Slam turnirlari
Avstraliya ochiq chempionati SF SF QF SF SF 0 / 5 4-5
Fransiya ochiq F F QF QF QF 0 / 5 4-5
Wimbledon 0 / 0 0-0
US Open F SF QF QF 0 / 4 3-4
Gʻalaba — magʻlubiyat 5-3 3-2 1-3 1-3 1-3 0 / 14 11-14

Juftlik bahslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir 2007 2008 2009 2010 2011 SR W-L
Grand Slam turnirlari
Avstraliya ochiq chempionati F F F 2/5 7-3
Fransiya ochiq F F F F F 0 / 5 5-5
Wimbledon F F 3/5 8-2
US Open F F F F 0 / 4 4-4
Gʻalaba — magʻlubiyat 6-2 4-2 5-3 5-3 4-4 5 / 19 23-14

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ITF profile“. Beta.itftennis.com. 2012-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-fevral.
  2. Roy van Manen. „www.robinammerlaan.nl“. www.robinammerlaan.nl (2012-yil 27-iyul). 2014-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-fevral.
  3. „Rolstoeltennisser Robin Ammerlaan stopt“ (nl). RTV Utrecht (2012-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  4. „2000 Paralympic games results Wheelchairtennis double“. Paralympic.org. Qaraldi: 2014-yil 16-fevral.
  5. „2004 Paralympic games results Wheelchairtennis Singles“. Paralympic.org. Qaraldi: 2014-yil 16-fevral.
  6. „2008 Paralympic games results Wheelchairtennis Singles“. Paralympic.org. Qaraldi: 2014-yil 16-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]