Gaaga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaaga — Niderlandiyadagi shahar, Shim. dengiz sohilidagi port (Sxeveningin avanporti). Qirol saroyi va hukumat karorgohi. Jan. Gollandiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi 444 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar Urtalari, shahar atrofi bilan 685 ming). Kanallar, avtomobil va t. y. tarmoqlari orqali Reynning quyi okimidagi Rotterdam porti b-n, rasmiy poytaxt Amsterdam va mamlakatning boshqa shaharlari bilan bogʻlangan. G.— asosan maʼmuriy va siyosiy markazdir. Shahar dastlab 11 -a.ga oid tarixiy manbalarda tilga olingan. G. 16-a. oxiridan General shtatlarning majlis utkazadigan joyi va 17-a. boshidan hukumat qarorgohi. G.da BMTning Xalqaro sudi, Xalqaro hakam (betaraf vakil)lar sudining Doimiy palatasi, Xalqaro huquqiy hujjatlar byurosi va b. joylashgan. G.da muhim tarixiy hujjatlar qabul qilgan bir qancha xalqaro konferensiyalar bulib oʻtgan (q. Gaaga konvensiyalari). Transport yoʻllari tuguni. G. da radio va teleapparatura, elektron asboblar va telegraf apparaturasi ishlab chiqariladigan yirik sanoat korxonalari, shahar chetida aviatsiya zavodlari, kemasozlik, chuyan quyish korxonalari bor. Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari koʻp. Yogʻoch, oyna kabi materiallardan badiiy buyumlar tayyorlanadi.

Meʼmoriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan Ridderzal (13-a.), Tribunal (13-a.) va b. saqlangan. G.da Qirollik nafis sanʼat akademiyasi, Mauritsxeys (Qirollik rasmlar galereyasi) Munitsipal muzeyi, pochta, kiyimlar, xalqaro matbuot muzeylari, statistika instituti bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil