Robert Lucas Jr.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Robert Lucas Jr.

1996-yil, Lucas
Tavalludi 15-sentyabr 1937-yil
Yakima, Vashington, AQSh
Vafoti 15-may 2023-yil
Chicago, Illinois, AQSh
Fuqaroligi AQSh[1][2]
Sohasi Makroiqtisodiyot
Ish joylari
Taʼlimi Chicago universiteti (BA, PhD)
Akademik rahbarlari
  • H.Gregg Lewis
  • Dale W.Jorgenson
Mashhur shogirdlari
  • Marcel Boyer
  • Costas Azariadis
  • Jean-Pierre Danthine
  • Boyan Jovanovic
  • Paul Romer
  • Esteban Rossi-Hansberg
  • Benjamin Moll
Mashhur ishlari Ratsional kutilmalar
Mukofotlari Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1995-yil)

Robert Emerson Lucas Jr. (1937-yil 15-sentyabr – 2023-yil 15-may) Chicago universitetida faoliyat yuritgan amerikalik iqtisodchi. U makroiqtisodiyotga yangi klassik yondashuvning rivojlanishidagi asosiy shaxslardan biri sifatida eʼtirof etilgan[3]. 1995-yilda Lucas „ratsional kutilmalar gipotezasini ishlab chiqgan va tadbiq etgan. Buning natijasida makroiqtisodiy tahlil oʻzgartirgani va iqtisodiy siyosat haqidagi tushunchamizni chuqurlashtirgani uchun“ Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan[4][5]. Greg Mankiw uni „XV asrning soʻnggi choragidagi eng nufuzli makroiqtisodchi“deb taʼriflagan[6]. 2020-yilda u dunyodagi eng koʻp tilga olingan iqtisodchilar orasida 10-oʻrinni egalladi[7].

Bolaligi va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lucas 1937-yil 15-sentyabrda Vashington shtatining Yakima shahrida Robert Emerson Lucas va Jane Templeton Lucas oilasida tugʻilgan. U oilada tongʻich farzand edi. Uning ota-onasi Yakimada muzqaymoq fabrikasiga egalik qilishgan[8]. Buyuk depressiyada davrida biznes muvaffaqiyatsizlikka uchragach, uning oilasi Sietlga koʻchib oʻtgan. Uning onasi modelyer boʻlib ishlagan, otasi esa kemasozlik zavodida ishlagan, keyinchalik esa muzlatgich ishlab chiqaradigan kompaniyada payvandchi boʻlib ishlagan[9].

Lucas 1959-yilda Chicago universitetida tarix boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Lucas Berkeleydagi Kaliforniya universitetida aspiranturaning birinchi bosqichidida oʻqigan, lekin u moliyaviy sabablarga koʻra universitetni tark etgan. 1960-yilda Chicago universitetiga qaytib keldi va u 1964-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi[10]. Uning „AQSh ishlab chiqarish sanoatida mehnatni kapital bilan almashtirish: 1929-1958“ dissertatsiyasi H.Gregg Lewis va Dale W.Jorgenson rahbarligida yozilgan[11]. Lucas iqtisodiyotni „Marksizm“ asoslarida oʻrgangan. U iqtisodiyot tarixning haqiqiy harakatlantiruvchi kuchi ekanligiga ishongan va shuning sababli iqtisodiyotga toʻliq kirib oʻrgangan, keyinchalik tarix sohasiga qaytishni rejalashtirgan[12].

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻqishni tamomlagandan soʻng, Lucas 1975-yilgacha Chicago universitetiga qaytgunga qadar u Carnegie Mellon universitetidagi Sanoat boshqaruvi oliy maktabida dars bergan[13].

Lucas 1980-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasi[14], 1981-yilda Guggenxaym uyushmasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi[15][16] va 1997-yilda Amerika falsafa jamiyati aʼzosi etib tayinlangan[17]. Uning maqolalari toʻplami Duke universitetining Rubenshteyn kutubxonasida saqlanadi[18].

Lucas 1995-yilda „ratsional kutilmalar gipotezasini ishlab chiqgani va tadbiq etgani va buning natijasida makroiqtisodiy tahlil oʻzgartirgani va iqtisodiy siyosat haqidagi tushunchamizni chuqurlashtirgani uchun“ Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan[19].

Tadqiqotlarga qoʻshgan hissasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ratsional kutilmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lucas makroiqtisodiy nazariyada ratsional kutilmalarning oqibatlarini oʻrganishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlari bilan mashhur[8]. Lukas (1972-yil) ratsional kutilmalar gʻoyasini dinamik makroiqtisodiy modellarga kiritgan. Lucas modelidagi agentlarining qarorlari oʻrinlidir: mavjud maʼlumotlarga asoslanib, ular kelajakdagi narxlar va miqdorlar boʻyicha taxminlarni shakllantiradilar va ushbu taxminlarga asoslanib, umr boʻyi kutilgan foydalilikni maksimal darajada oshiradigan tarzda harakat qilishadi. U Milton Friedman va Edmund Felpsning pulning uzoq muddatli neytralligi haqidagi qarashlariga nazariy asoslar bergan. Fillips egri chizigʻida tasvirlangan ishlab chiqarish va inflyatsiya oʻrtasidagi oʻsha paytda kuzatilgan korrelyatsiyani tushuntirish bilan birga ushbu munosabatlarning mavjudligi siyosatni oʻzgartirish imkoniyatini bermaganligini koʻrsatib bergan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lucas Chicago But biznes maktabida birga taʼlim olgan kursdoshi Rita Cohen bilan oila qurgan. Ular 1980-yil ajrashishgan. Ajralish shartida, agar mukofot 1995-yil 31-oktabrgacha topshirilsa, Cohenga Nobel mukofotlarining yarmini olish huquqini beruvchi band bor edi[9].

Cohen bilan ajrashgandan soʻng, Lucas Nancy Stokeyga uylangan[8]. Er-xotin iqtisodiy oʻsish nazariyasi, davlat moliyasi va pul nazariyasi boʻyicha maqolalar ustida hamkorlik qilgan. Lucas va Cohenning ikkita oʻgʻli bor edi: Stiven (1960-yilda tugʻilgan) va Jozef (1966-yilda tugʻilgan)[10].

Lucas 2023-yil 15-mayda Chikagoda 85 yoshida vafot etgan[8][20].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. Snowdon, Brian; Vane, Howard R.. Modern Macroeconomics: Its Origin, Development and Current State. Cheltenham: Edgar Elgar, 2005 — 220–223 bet. ISBN 978-1-84542-208-0. 
  4. "Robert E. Lucas, Jr. | American economist" (en). Encyclopedia Britannica. https://www.britannica.com/biography/Robert-E-Lucas-Jr. <!--->
  5. „The Sveriges Riksbank Prize in Economic Sciences in Memory of Alfred Nobel 1995“. Nobel Foundation. Qaraldi: 2008-yil 14-oktyabr.
  6. Mankiw, N. Gregory. „Back In Demand“ (2009-yil 21-sentyabr).
  7. „Top 10% Authors, as of July 2020“. IDEAS/RePEc. Archived by the Wayback Machine: Research Papers in Economics. 2020-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-may.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Roberts, Sam. „Robert E. Lucas Jr., Nobel-Winning Conservative Economist, Dies at 85“ (2023-yil 17-may). Qaraldi: 2023-yil 17-may.
  9. 9,0 9,1 Langer, Emily. „Robert E. Lucas Jr., Nobel Prize–winning economist, dies at 85“ (en-US) (2023-yil 19-may). Qaraldi: 2023-yil 20-may.
  10. 10,0 10,1 Lucas, Robert E. „Robert E. Lucas Jr. – Biographical“. Stockholm: Nobel Foundation. Qaraldi: 2016-yil 16-noyabr.
  11. Andrada, Alexandre F. S. (May–August 2017). "Understanding Robert Lucas (1967–1981): His Influence and Influences". EconomiA 18 (2): 212–228. doi:10.1016/j.econ.2016.09.001. 
  12. Bob Lucas on Growth, Poverty and Business Cycles. Library of Economics and Liberty.
  13. Pressman, Steven. Fifty Major Economists. London: Routledge, 1999 — 193–197 bet. ISBN 9780415134811. 
  14. „Robert Emerson Lucas“ (en). American Academy of Arts & Sciences. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  15. „Robert E. Lucas Jr.“. John Simon Guggenheim Memorial Foundation. Qaraldi: 2023-yil 18-may.
  16. „Robert E. Lucas, Jr.“. National Academy of Sciences. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  17. „APS Member History“. American Philosophical Society. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  18. „The Sveriges Riksbank Prize in Economic Sciences in Memory of Alfred Nobel 1995“ (en-US). NobelPrize.org. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
  19. „The Sveriges Riksbank Prize in Economic Sciences in Memory of Alfred Nobel 1995“ (en-US). NobelPrize.org. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
  20. Lee, Tori; Witynski, Max „Robert E. Lucas Jr., Nobel laureate and pioneering economist, 1937–2023“. University of Chicago (2023-yil 16-may). Qaraldi: 2023-yil 18-may.