Robert Louis Stevenson
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Robert Louis Stevenson | |
| Tavallud sanasi: | 13-noyabr, 1850-yil |
|---|---|
| Vafot sanasi: | 3-dekabr, 1894-yil (44 yoshda) |
| Kasb: | yozuvchi va shoir |
| Magnum opus: | „Xazinalar oroli“ („Treasure Island“) (1883) |
Robert Louis Stevenson (talaffuzi: Robert Lyuis Stivenson) (13-noyabr 1850 — 3-dekabr 1894) — mashhur shotland yozuvchisi va shoiri.[1] Robert Louis Stevensonning eng taniqli asari „Xazinalar oroli“ („Treasure Island“) (1883) romanidir.
Stevenson Edinburgh universitetida muhandislik va huquqshunoslikka oʻqigan. Ammo u yoshligidan adabiyotni sevgan va keyinchalik asar yozishga jiddiy kirishgan. Stevensonning asarlari jahonning koʻp tilariga, shu jumladan oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan.
Stevenson hayoti davomida koʻp hastalikka chalingan. Sogʻligʻini tiklash uchun juda koʻp marta yashash joyini oʻzgartirgan.
Manbalar[tahrir]
- ↑ Sharon Bassett, „Stevenson, Robert Louis“. 2010 World Book Multimedia Encyclopedia. World Book, Inc. 2010.