Revdinskit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Revdinskit
Asosiy
Formulasi (Ni,Mg)6[Si4O10][OH]8
IMA tizimi boʻyicha
Sinfi Sulyudalar sinfi
Fizik xususiyatlari
Rangi koʻkimtir tusli och yashildan(feruza rang) toʻq yashilgacha yoki sargʻish, kulrang baʼzan yashil
Qirra rangi yashilsimon oq
Yaltiroqlik moysimon, hira
Shaffoflik yarim shaffof
Qattiqlik 2-2,5
Sinishi notekis
Zichligi 2,5-3,2 g/sm³ g/sm³
singoniyasi monoklin

Revdinskit - Sulyudalar sinfi minerali boʻlib, bu mineral ilk marotaba 1867-yilda Oʻrta Uralning Revinsk tumanidan topilganligi sababli unga shunday nom berilgan. Aslini olganda, bu minerallning serpentinga oʻxshab ketadigan kolloidal hili revdinskit deb ataladi.Keyinchalik mineralning yaxshiroq kristallangan hili 1908-yili Nipui togʻidan topilgan va nepuit deb nomlangan[1][2].

Kimyoviy tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu mineralning kimyoviy tarkibi, serpentinga yaqin boʻlib, (Ni,Mg)6[Si4O10][OH]8 yoki (Ni,Mg2SiO22H2O) dan iborat, undan farqi tarkibidagi NiO ning birmuncha koʻpligidadir.

Fizik-optik xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Singoniyasi monoklin. Kristallarining qiyofasi mayda zirapchasimon tuzilishga ega. U koʻproq tangachalardan iborat agrigat holatda tarqalgan. Rentgenometrik tahlil maʼlumotlaridan maʼlum boʻlishicha, uning kristall strukturasi kaolinit gruppasiga kiradigan minerallarga juda ham oʻxshab ketadi. Rangi koʻkimtir tusli och yashildan(feruza rang) toʻq yashilgacha yoki sargʻish, kulrang baʼzan yashil. Yaltiroqligi yogʻsimon, mumdek yoki hira. Qattiqligi 2-2.5. Ulanish tekisligi {001} boʻyicha mukammal. Solishtirma ogʻirligi 2.5-3.2 (nikel miqdoriga bogʻliq) Diagnostik belgilari. Och koʻkimtir-yashil rangi, tangacha va mayda plastinkachasimon tuzilishga ega ekanligi. Bu mineral dahandam alangasida erimaydi yoki qiyinchilik bilan eriydi. Oksidlartiruvchi alangada koʻmir ustida qizdirilganda qoʻngʻirroq tusga kiradi, qaytaruvchi alangada esa baxmaldek qoʻngʻir boʻlib qoladi. Yopiq naychada koʻp suv ajratib chiqaradi. Issiq HCl da eriydi va yelimshak kremnezyom ajraladi[3].

Hosil boʻlishi va konlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Revdinskit, faqat tarkibida nikel va oz miqdorda magniy silikati, olivin, enstatit, serpentin va boshqa qoʻshimchalar boʻlgan oʻta asos intruziv jins massivlarining nurash poʻstida uchraydi. Revdinskitning serpentin parchalari oʻrnida, uning struktura hossalarini saqlagan holda yuzaga kelgan psevdomorfozlari ham kuzatiladi. Bu revdinskitning Kristal fazoviy panjarasidan magniyni nikel bilan siqib chiqarib, metosamatik yoʻl bilan hosil boʻlishini koʻrsatadi. Revdinskit Revdinsk va Ufaleysk tumanlarining nikelsilikat madan konlarida birmuncha koʻp topilgan. Uning kristallangan hillari, asosan, oʻta asos jins massivlari chekkalarida, ohaktoshlarda rivojlangan karst boʻshliqlarini toʻldiruvchi serpentinit delyuviallari (Tyulenevsk koni) va Xalilovsk va Akkeermanovsk konlari (Janubiy Ural) dan ham topilgan.

Amaliy ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Revdinskit boshqa nikel silikatlari bilan bir qatorda muhim sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan nikel madani hisoblanadi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „nepuit“. webmineral.com. Qaraldi: 10-oktabr 2022-yil.
  2. „mineral nepuit“. www.mindat.org/min. Qaraldi: 10-oktabr 2022-yil.
  3. „MINERALOGIYA“. e-library.namdu.uz. Qaraldi: 10-oktabr 2022-yil.
  4. „Revdinskit“. wiki.web.ru. Qaraldi: 10-oktabr 2022-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ziyayeva P.N MINERALOGIYA labaratoriya mashgʻulotlati uchun oʻquv uslubiy qoʻllanma,
  2. A. G. Betextin. Mineralogiya kursi "Oʻqituvchi: nashriyoti Toshkent-1969.