Rayt Frank Lloyd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

RAYT (Wright) Frank Lloyd (1869.8.6, RichlendSenter sh., Viskonsin shtati — 1959.9.4, Teylizin — Uest sh. Arizona shtatidagi) — amerikalik meʼmor. Chikagodagi meʼmorlar J. Silisbi (1887) va L. Salliven (1888) ustaxonalarida taʼlim olgan. Qurilish materiallari va qurilmalarning manzara bilan uygʻunlashuvidagi shakllarning oʻziga xos mutanosibligini koʻrsatish R. ijodining asosini tashkil etdi. Qurilish ishlarida meʼmoriy talablardan, inshoot qurilish shartlari va maqsadlaridan ratsional va maksimal foydalanishni talab etdi. Dastlab kichik turar joylar meʼmorligi bilan shugʻullanib, keyinchalik bino va inshootlar loyihasini yaratgan (Buffalodagi "Larkin" firmasi, 1905; Tokiodagi "Imperial" mehmonxonasi, 1916—22; "Sharshara ustidagi uy", Pensilvaniya shtati, 1936; Nyu-Yorkdagi Guggenxeym muzeyi, 1956—59 va b.). R. loyihalarining Berlinda utkazilgan koʻrgazmasi (1910) Yevropa meʼmorligi rivojiga turtki boʻldi. 30-y.larda R. organik arxitektura asoschisi va yetakchi ustasiga aylandi. 20-a. meʼmorligining shakllanishi va rivoj topishida R. ijodining taʼsiri katta boʻldi.

Manbalar[tahrir]

  • Budusheye arxitekturi, M., 1960.

Adabiyot[tahrir]

  • Goldshteyn A.F., F.L.Rayt, M, 1973.