Ratsional tenglama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ratsional tenglama — ratsional ifodalardan tuzilgan tenglama. Agar f(x) va g(x) ratsional ifodalar boʻlsa,

f(x)=g(x)

tenglama ratsional tenglama deyiladi. Bunda agar f(x) va g(x) butun ifodalar boʻlsa, tenglama butun tenglama deyiladi. Agar f(x), g(x) ifodalardan hech boʻlmaganda biri kasr ifoda boʻlsa, f(x)=g(x) ratsional tenglama yoki kasr tenglama deyiladi. Chiziqli, kvadrat tenglamalar butun tenglamalardir.

Yechish[tahrir]

Ratsional tenglamani yechish uchun:

  1. Barcha kasrlarning umumiy maxraji topiladi;
  2. Berilgan tenglamaning ikkala tomonini umumiy maxrajga koʻpaytirib, butun tenglamaga keltiriladi;
  3. Hosil qilingan butun tenglama yechiladi;
  4. Uning ildizlari ichidan umumiy maxrajni nolga aylantiradiganlari chiqariladi (tashlab yuboriladi).

Havolalar[tahrir]