Rana sanga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rana sanga, Sangram Singh (?—1528) — rojput, Boburning Hindistondagi eng kuchli raqibi. R.S.ning asosiy mulki Mevar edi. Mandu sultonlarining hokimiyati zaiflashgach, R.S. undan Rantanbur, Arangpur, Bxilsan va Chandiri kabi keng viloyatlarni tortibolgan. Bobur Kobuldaligida R.S. unga kishi yuborib, "Agar hukmdor Dehyai viloyatiga kelgudek boʻlsalar, men Agraga ketaman" degan. Biroq Bobur 1526 y. Ibroqim Loʻdiyni yengib, Deush va Agrani olgach, R.S. unga qarshi chiqib (1527 y.), Kandar qalʼasini qamal qilgan va uni egallagan. R.S. bilan Bobur oʻrtasidagi sal qiluvchi Kxanua jangi 1527 y. 13 martda yuz berdi. Jangda Bobur koʻllagan tulgʻama usuli va artilleriya ish berdi. Jangda Bobur toʻla gʻalabaga erishdi. R.S. bir yildan soʻng vafot etgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil