Qorayozi bobo ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorayozi bobo ziyoratgohi — Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida joylashgan qabriston[1]. Ziyoratgohga Hazrat Alining avlodi boʻlgan Said Battolning oʻgʻli Asadulloh (Qorayozi bobo) dafn etilgan. Temuriylar davrida qabr ustiga maqbara qurilgan. Qoʻqon xonligi davrida 1723-yili ziyoratgoh qaytadan taʼmirlangan. Shu davrda ziyoratgohning atrofidan 10 gektar yer vaqf ajratilgan. Qorayozi bobo ziyoratgohining dastlabki binosi qachon barpo etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas. Faqat vaqfnomalarda 1723-yili taʼmirlanganligi taʼkidlanadi. Mazkur ziyoratgoh shundan keyin 1938-yilgacha saqlanib turgan, soʻng buzib yuborilgan. Eski xarobalar ustida 2002-yilda yangi maqbara tiklandi. Hozirda ziyoratgoh uch xonadan iborat gumbazli shaklda pishiq gʻishtdan barpo etilgan. „Qorayozi“ soʻzi „qora“ — katta „yoz“ kenglik, dala degan maʼnolarni bildiradi. Demak, „Qorayozi“ katta kenglik, katta dala degan maʼnoni bildiradi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Qorayoz bobo ziyoratgohi“. madaniymerosfergana. Farg'ona Madaniy meros boshqarmasi. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
  2. Baxtiyor Eraliev, Ikromiddin Ostonaqulov, Nodirjon Abdulahatov. O‘zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. 1-kitob. Farg‘ona viloyati. Turon zamin ziyo, 2013 — 320 bet bet. ISBN 978-9943-335-24-0. 2-iyun 2023-yilda qaraldi.