Qiz qalʼasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stamp of AzSSR-Qız qalası-50r.jpg

Qiz qalʼasi — Ozarbayjondagi meʼmoriy yodgorlik (12-asr), qoya ustiga qurilgan mudofaa inshooti. Boku sh.da. Inshoot yuqoriga tomon torayib boradigan silindrsimon shaklda (bal. 27 m; devorining qalinligi poyde vorida 5 m, yuqorisida 4 m), sharq tomonidan yarim aylana shaklida turtib chiqqan qism bilan himoyalangan. Qalʼa tarzlarining koʻndalang qovurgʻali tuzilishi oʻziga xos. Minora ichi yassi tosh gumbazlar bilan 8 tabaqa ga boʻlingan, 1qavati 2si bilan osma narvon bilan, qolganlari qalin devorga ishlangan zinalar bilan oʻzaro bogʻlangan; jan. qismidagi tuynuklar binoni yoritish va shamollatishga xizmat qiladi, shu qismida quduq joilashgan. Qavatlardagi zaruratxonalar sopol quvurlar orqali maxsus shaxta bilan bogʻlangan. Q.q. yuqori qismida "Dovudning oʻgʻli Maʼsud minorasi" deb yozilgan qufiy yozuvlar saklangan. Qq. oʻzining meʼmoriy yechimi hamda qovurgʻali tarzlari bilan qalʼa meʼmorligida yagonadir.