Qishloq aholisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qishloq aholisi - mamlakat jami aholisining viloyat va tumanlardagi qishloq-ovullarda yashaydigan qismi. Qishloq aholisining aksari qismi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik yoki qishloq xoʻjaligining boshqa turlari bilan mashgʻul boʻladi. mamlakat iqgisodiy rivojlangan sari sanoatda ishlovchilar salmogʻi ortib, butun aholi tarkibida Qishloq aholisi salmogʻi kamayib boradi (qarang Shahar aholisi). 19-asr boshlarida qishloqlarda jahon aholisining 95—97%, 20-asr boshlarida qariyb 85% yashagan boʻlsa, 1970-yilda 65% dan kamrogʻi istiqomat qildi. Ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Qishloq aholisi salmogʻi ancha past. Mas, Buyuk Britaniyada 11%, Germaniyada 12%, AQShda 21% ga yaqin. Baʼzi mamlakatlarda shaharlarning eko-logik sharoiti ogʻirlashib borishi va transportning rivojlanishi natijasida aholi shaharlardan qishloqlarga koʻchib oʻtishi jarayoni kuzatiladi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda shahar aholisining oʻsish surʼati pasayib ketdi. Qishloq aholisining shahar aholisiga nisbatan jadalroq koʻpayishi natijasida Oʻzbekistonda shahar aholisining ulushi pasayib bormoqda. Respublikada Qishloq aholisining oʻsishiga aholi tabiiy koʻpayishi koʻrsatkichlari (asosan, tugʻilish)ning koʻpayishi ham sabab boʻlmokda. Mas, 1991-yilda mamlakat aholisining 59,5% ni qishloq, 40,5% ni shahar aholisi tashkil etgan boʻlsa, 2004-yilda bu koʻrsatkich mos ravishda 63,5% va 36,5% dan iborat boʻldi, yaʼni Qishloq aholisi salmogʻi 4,0% ga oshgan. Hozirda Oʻzbekistonning qishloqjoylarida tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 kishiga nisbatan tugʻilganlar soni) 22,4 ni, tugʻilishning maxsus koeffitsiyenti (har 1 ta 15—49 yoshdagi ayolga nisbatan bolalar soni) 2,75 ni tashkil qiladi. Oʻzbekistonda yangi iqtisodiy islohotlarning joriy etilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi va boshqa Qishloq aholisi ning demografik vaziyatiga maʼlum darajada taʼsir etdi.

Nafisa Majidova.