Qilichbozlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qilichbozlik — sport turi, qoida asosida tigʻli sport qurollari — rapira, qilich, shamshir (shpaga) vositasida yakkama-yakka oʻtkaziladigan musobaqa. Sportchilar maxsus toʻrli niqob, himoya vositasi bor oq kiyim va qoʻlqop kiyadi. Berilgan turtki(ukol) larni qayd etish uchun rapira va qilich musobaqasida kiyim, shamshir musobaqasida shamshirning oʻzi elektron tizimga ulanadi. Rapira (uz. 110 sm; ogʻirligi 500 g) musobaqasida kiyilgan metall nimchaga, qilich (105 sm; 500 g) musobaqasida gavdaning beldan yuqori qismiga, shamshir (110 sm; 770 g) musobaqasida gavdaning barcha qismiga turtki beriladi. Musobaqalar eni 2 m, uz. 14 m yoʻlaqda 3 min.dan 3 davra (tanaffus 1 min.dan) 5—15 turtkigacha olib boriladi. Davrada hisob teng boʻlib qolsa, qurʼa tashlanadi va qoʻshimcha belgilangan 1 min. vaqt ichida birinchi turtki bergan sportchi gʻolib sanaladi. Agar tomonlar turtki bera olmasa, gʻolib tashlangan qurʼaga koʻra aniqlanadi.

0408 USA Olympic fencing.jpg

Q. qadimdan kishilik jamiyati turmush tarzining bir qismi boʻlgan, sport turi sifatida esa 15—16-a.lardan Ispaniya va Italiyada shakllana boshlagan. 1517 y. italiyalik A.Marotssi Q. boʻyicha ilk oʻquv qoʻllanmasini yaratdi. 17-a. oxirlarida Fransiyada Q. qoidalari ishlab chiqildi va musobaqalar oʻtkazildi. 1896 y.dan Q. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1913 y.da Xalqaro Q. federatsiyasi (Gʻ1E) tuzildi, unga 120 davlat (Oʻzbekiston 1992 y.dan) aʼzo (2005). 1937 y.dan Q. boʻyicha jahon chempionati oʻtkazib kelinadi. Q. AQSH, Vengriya, Germaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Fransiya, Xitoy kabi davlatlarda keng rivojlangan.

Oʻzbekistonda Q. sport turi sifatida 20-a.ning 50-y.laridan ommalashdi. 1954 y.dan Q. boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi. Respublikada Q.ning rivojlanishida Kseniya tojiyeva, Iosif Markin, Dmitriy Itsenko, Poʻlat Abdurazzoqov, Igor Artishkin, Shavkat Turdiqulov kabi murabbiylar katta hissa qoʻshishdi. Sobir Roʻziyev, Aleksandr Paraxin, Vitaliy Logvin, Valeriy Zaxarevich, Svetlana Filimonova, Anisa Petrova, Baxtiyor Gʻaniyev, Dilorom Karimqulova singari qilichbozlar olimpiada oʻyinlari, jahon chempionati va b. nufuzli musobaqalarda sovrindor boʻlishgan. Hoz. kunda Oʻzbekistondagi 13 ta Q.ka ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi va toʻgaraklarda 46 nafar murabbiy qoʻl ostida 648 kishi (189 nafari ayol) Q. bilan shugʻullanadi (2005).

Ad:. Tishler D. A., Bulochka K. T., Fextovaniye, M., 1967; Abdurasulova G. B., Siddikov M. E., Kniga trenerov po fextovaniyu, T., 1991.