Qadimgi fazogirlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Italiyaning Val Camonica vodiyidagi qadimgi rasmlar unutilgan xudolarni tasvirlashi taxmin etiladi; qadimgi fazogirlar farazi tarafdorlari esa bu rasmlar mil. avv. 10 000-yillarda chizilganiga qaramay, zamonaviy fazogirlarni eslatadi, degan iddao qilishadi.

Qadimgi fazogirlar deb oʻtmishda Yerga tashrif buyurgan gipotetik oʻzga sayyoralik fazogirlarga aytiladi. Qadimgi fazogirlar haqidagi farazlar akademik fan tomonidan tan olinmay, "soxta fan", deb qaraladi. Bu faraz tarafdorlari esa, aksincha, qadimda haqiqatan ham oʻzga sayyoraliklar Yerga kelib, odamzot bilan aloqaga kirgan va madaniyat, texnologiyalar va dinlarni shakllantirishga hissa qoʻshishgan, deb taʼkidlashadi. Bunday gʻoyaning keng tarqalgan variantida koʻpgina, yoki hatto barcha dinlarning xudolari aslida oʻzga sayyoraliklardir, va ularning ilgʻor fan-texnikasi oʻsha paytdagi odamlar uchun moʻjiza tuyulib, ilohiy oʻlaroq qabul qilingan, deyiladi.[1][2]

Bunday fikrlar XX asr ikkinchi yarmida Erich von Däniken, Giorgio A. Tsoukalos, Zecharia Sitchin, Robert K. G. Temple, David Icke va Peter Kolosimo[3] kabi yozuvchilar tomonidan ommaviylashtirildi, biroq qadimgi fazogirlar darhaqiqat mavjud boʻlgani haqidagi gʻoya aksariyat akademiklar tomonidan jiddiy qaralmay, taqrizli matbuot eʼtiboriga deyarli tushmagan.[4]

Qadimgi fazogirlar toʻgʻrisidagi farazlar ilmiy taxayyulotda keng yoritiladi.

Manbalar[tahrir]

  1. Lieb, Michael (1998). Children of Ezekiel: Aliens, Ufos, the Crisis of Race, and the Advent of End Time. Duke University Press, 250. ISBN 0-8223-2268-4. 
  2. (1961) Cithara. St. Bonaventure University, 12. 
  3. Von Däniken, Erich (1984). Chariots of the Gods. Berkley Pub Group. ISBN 0-4250-7481-1. 
  4. Harrold,. Noah's ark and ancient astronauts: Pseudoscientific beliefs about the past among a sample of college students. The Skeptical inquirer 11.1 1986: 61. Committee for the Scientific Investigation of Claims of the Paranormal. 13 Dec 2010.