Pyotr I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pyotr I [1672.30.5(9.6), Moskva -1725.28.1(8.2), Peterburg] — rus podshosi (1682 y.dan), Rossiyaning 1-imperatori (1721 y.dan). Podsho Aleksey Mixaylovich (1629—76)ning kichik oʻgʻli. Rossiyaning davlat, har-biy va madaniyat arbobi, diplomat. Davlatni boshqarishda bir necha islohotlar oʻtkazgan (senat, kollegiyalar, oliy davlat nazorati va siyosiy qidiruv organlari tuzilgan; cherkov davlatga boʻysundirilgan; mamlakat gubernalarga boʻlingan; yangi poytaxt — Sankt-Peterburg qurilgan). Rossiyaning Gʻarbiy Yevropadagi ilgʻor davlatlardan ortda qolganligiga barham beri sh uchun sanoat va savdo sohasida merkantilizm siyosati oʻtkazgan (manufak-turalar, metallurgiya, konchilik z-dlari, kemasozlik korxonalari, pristanlar, kanallar qurishga rahnamolik qilgan). 1695—96 y.larda Azov yurishlarida, 1700—21 y.larda Shimoliy urush va b.da armiyani boshqargan, Noteburgni olishda (1702), Lesnaya da-ryosi (1708) va Poltava jangi (1709) da qoʻshinlarga qoʻmondon boʻlgan. Flot va muntazam armiya tuzishga rahbarlik qilgan. Mutlaq hokimiyat tizimining yirik mafkurachisi sifatida dvoryanlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash va siyosiy mavqeini mustahkamlashga yordam bergan. P.1 tashabbusi bilan bir qancha oʻquv yurtlari, FA ochilgan, di-niy-slavyan alifbosi oʻrniga grajdan alifbosi qabul qilingan va h.k. P.1 islohrtlari moddiy imkoniyatlar va odam kuchini qattiq ekspluatatsiya qilish, xalq ommasini ezish (jon soligʻi va b.) hisobiga oʻtkazilganki, natijada bunga qarshi qoʻzgʻolonlar (Streletslar, 1698; Astraxon, 1705—06; Bulavin, 1707—09 va b.) boʻlib hukumat tomonidan ayovsiz bostirilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil