Protsessual huquq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Protsessual huquq (OʻzRda) -huquq tizimi normalarining bir kismi; sudda ishlarini yuritish jarayonida, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergovda ishtirokchilar va boshqa manfaatdor shaxslarning FPK, XPK, JPK va MJKda nazarda tutilgan huquklari. Protsessual huquq Oʻzbekiston Respubli-kasining Konstitutsiyasida belgilangan shaxsiy huquq va erkinliklarni zaruratsiz va asossiz cheklanmasligiga xizmat qiladi. Protsessual huquqlar demokratik harakterda boʻlib, daʼvo va nizolar-ni, xuquqbuzarlik, shu jumladan, jinoyat ishlarini tez va toʻgʻri tekshirish, ularni asosli, qonuniy va odilona hal qilishni kafolatlaydi. Protsessual huquq yuridik shaxslarga ham oʻz manfaatlarini himoyalash vositasi sifatida beriladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha gumon ostidagi shaxs va ayblanuvchiga tegishli Protsessual huquqlarning eng muhimi himoyalanish va himoyachining yordamidan foydalanish huquqidir. Keng maʼnoda Protsessual huquq fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy va jinoyat ishlarini hal etish tartibidan iborat.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil