Kongress kutubxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kongress kutubxonasi (The Library of congress), AQSH Milliy kutubxonasi — jahondagi eng yirik kutubxonalardan biri. 1800 y.da AQSH kongressi tomonidan Prezident T. Jeffersonning kutubxonasi negizida bunyod etilgan. Jahonning 450 dan ortiq tillaridagi 90 mln.dan ziyod bosma nusxa saqlanadi (2002). Asosan, hokimiyat organlari, tadqiqot muassasalari, ilmiy xodimlar, xususiy firmalar va sanoat kompaniyalariga, shuningdek, keng jamoatchilikka xizmat koʻrsatadi. K.k. universal fondi kuniga 31 ming bosma birlik bilan toʻldiriladi; jahon boʻyicha eng katta haritalar (3 mln.dan ortiq), 3,5 mln.dan ortiq musiqa — nota adabiyotlari, 30 mln.dan ziyod qoʻlyozma materiallar, katta mikdordagi kinofilmlar, mikrofilmlar fondiga ega. AQSH prezidentlari yiqqan kitob toʻplamlari 5,5 mingdan ortiq, xitoy va yapon adabiyotlari, noyob Amerika nashrlari saqlanadi. K.k. 1500 mingdan ziyod kitobxonga 20 dan ortiq qiroatxonalari orqali xizmat koʻrsatadi. 20-a. boshidan boshlab Amerikadagi 117000 ga yaqin boshqa kutubxonalarni kataloglar bilan taʼminlaydi.

Oʻtgan asr oxirlarida optik disklar va b. yangi texnologiya vositalari yordamida "Amerika xotirasi" turkumi yaratila boshlandi, uning yordamida mahalliy kutubxonalar fondlari qad., nashr qilinmagan musiqa, tasviriy, dramatik asarlar, Amerika tarixiga oid kamyob materiallar bilan toʻldiriladi.

21-a.da K.k. fondi dunyo ilm ahliga (internet yordamida) ochiq holga keltiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil