Primitivizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Primitivizm - 19-asr oxiri -20-asr boshlarida yuzaga kelgan avangard sanʼat oqimi; badiiy vositalarni soddalashtirish va primitiv shakllar (ibtidoiy davr, madaniy jihatdan rivojlanmagan xalklar sanʼati, xalq ijo-di hamda bolalar rasmi)ga murojaat etuvchi yoʻnalish. Rassomlarning zamonaviy voqelikdan noroziligi natija-sida hayotdan qochib sanʼatning ilk davrlariga qaytishi P.ning keng tarqalishini taʼminladi. P. hamma xalklar sanʼatida mavjud. P. shuningdek, sanʼatga daxldor boʻlgan, birok, professional taʼlim olmagan, xalq ichidan chiqqan havaskor rassomlarning uslubini ham ifodalaydi. P. yangi dunyo madaniyatidan holi boʻlgan, undan "sof" sanʼat sifatida targʻib qilindi. AQShda sodda portret va maishiy rasmlar, Rossiyada lubok shu yoʻnalishdagi asarlardir. Anri Russo (Fransiya), N. Pirosmanashvili (Gruziya), I. Generalich (Xorvatiya) va boshqalarning asarlari borliqni erkin, bolalarcha sodda idrok etishi bilan diqqatga sazovor. P. professional ijodkorlar (P. Gogen, N. S. Goncharova, M. F. Larionov va boshqalar) uslubiga ham taʼsir koʻrsatgan.

Oʻzbekistonda P. 19-asr 2yarmida mahalliy xalq sanʼati vakillari (Axmad Donish, Us t a Shokirboy, S. Pochayev, N. Hafizov va boshqalar) ijodida anik, seziladi. 20-asr 70—80-yillaridan bu sanʼatga qiziqish ortdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil