Press

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Press (lot. rgesso — bosaman, ezaman) — materiallarga bosim bilan zarbsiz (statik) ishlov berish uchun moʻljallangan mashina. Temirchilik-shtamlash i.ch.ning asosiy vositasi. Dastaki vintli P. 15—16-a.larda hunurmandchilik ishlari (moy ajratish, uzum ezish va b.)da ishlatilgan. Keyinchalik (17—18-a.larda) metall ishlashda, xu-susan, tanga pul zarb qilishda, soʻngra temirchilik-shtamplash ishlarida keng tarkaldi.

P.ning gidravlik, mexanik va gidromexanik xillari bor. Ular krivoshipli yoki ekssentrikli, vintli, tirsakli, reykali va richagli; vertikal va gorizontal xillarga boʻlinadi. Pokovkalarni shtamplashda avtomatlashtirilgan P.dan foydalaniladi.

P. sanoatning turli tarmoklarida metall, plastmassalar, rezina, q.x. va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berishda jismlarning shaklini oʻzgartirish (bolgʻalashshtamplash), boʻlak-boʻlak yoki kukunsimon materiallarni biriktirish (briketpash), yumshoq moddalarning haj-mini kichraytirish (paketlash), detallarni biriktirish (q. Payvandlash), turli agregat xrlatdagi jismlarni birbiridan ajratish, me-tallarning mexanik xossalarini si-nash va b. ishlarda qoʻllaniladi. Bundan tashqari, P.larda tikuvchilik mahsulotlari dazmollanadi, faneraga turli shakl beriladi, yigʻish operatsiyalari bajariladi, metallar mexanik sinovdan oʻtkaziladi. Hajmiy shtamplash uchun moʻljallangan yirik P.larning eng yuqori bosim kuchi — 750 MN gacha, list metarial uchun — 1500 MN. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil