Portal:Gruziya/Tanlangan maqola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tbilisi (gruzincha: თბილისი, 1936-yilgacha ruscha transkripsiyasida – Tiflis (gruzincha: ტფილისი)) — Gurjiston poytaxti. Yirik industrial, ilmiy va madaniy markazlardan biri, transport tuguni. Tbilisi soyligida, Kura daryosining har ikkala sohilida, 406– 522 m balandlikda joylashgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,5°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 510 mm. Maydoni 348,6 km². Aholisi 1280 ming kishi |(2002-yil shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan birga – 1,5 mln. kishiga yaqin)]. Tbilisi 8 tumanga boʻlingan.

Tbilisi soʻzi iliq suvli buloklar nomi (gurjistonha „tbili“ – iliq)dan olingan. Tbilisi shaharqalʼa sifatida ilk bor yilnomalarda 4-asrdan tilga olinadi. Podsho Vaxtang I Gorgasal davri (452–502)da Tbilisi Sharqiy Gurjistonning eng yirik iqtisodiy markazlaridan biriga aylangan. Vaxtang Ining oʻgʻli Dachi shahar devorlarini qurishni tugatib (6-asr boshi), poytaxtni Msxetadan Tbilisiga koʻchirdi va uni Sharqiy Gurjiston davlati boʻlmish Kartlining poytaxtiga aylantirdi. 7–11-asrlarda Tbilisi arablar, xazarlar, forelar, turksaljoʻqlar hujumiga duchor boʻlgan, 8-asr 30-yollaridan arab amirligining qarorgohi. Gurjistonda David Binokor podsholigi davrida Tbilisi ozod qilinib (1122), birlashgan gruzin davlatining poytaxtiga aylantirilgan. 12–13-asrlarda Tbilisi Yaqin Sharqning eng yirik savdohunarmandchilik va madaniy markazlaridan biri. 13–18-asrlarda Tbilisi turli davlatlar tarkibida boʻlib keldi. 1801-yil Sharqiy Gurjiston Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingach, Tbilisi Gurjiston gubernyasining maʼmuriy markazi va Kavkazdagi rus qoʻshinlari bosh qoʻmondonining, 1845-yildan esa Rossiya podshosining Kavkazdagi noibi qarorgohi boʻlib qoldi. 19-asrning 2yarmidan Zakavkazyeda temir yoʻl qurilishi boshlanishi bilan Tbilisida sanoat korxonalari qurilishi tezlashdi. Koʻnteri zavodlari, tamaki fabrikalari bunyod etildi. Bosh temir yoʻl ustaxonasi Tbilisidagi eng katta korxona edi. 1921-yildan Tbilisi uzilkesil Gruziyaning poytaxti boʻlib qoldi. (Full article...)