Portal:Geografiya/Kirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geografiya (grekcha: γεωγραφία; γη yoki γαια — „Yer“, γραφειν — „tasvirlamoq“ yoki „yozmoq“ yoxud „xaritalamoq“) — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini „geografiya“ soʻzi bilan ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194-yillarda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9—10-asrlardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida „surati arz“, „yetti iqlim“, „Kitob almasolik valmamolik“ („Mamlakatlar va masofalar kitobi“) iboralari qoʻllanilgan. 19-asrda va 20-asr boshlarida oʻzbek tilida „geografiya“ arabcha talaffuz bilan „jugʻrofiya“ shaklida yozilgan. (Davomi...)