Porox

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Porox — koʻp komponentli portlovchi moddalarning zichlashtirilgan qat-tiq (kondensirlangan) aralashmasi. P. havosiz muhitda barqaror yonib, katta mikdorda qizigan gazsimon mahsulotlar hosil qilish xususiyatiga ega. P.ning yonishi tashki bosimning keng oraligʻida (0,1—1000 MPa) issikdikni qavatdan qavatga oʻtkazishga asoslangan. 2 xil P. farqdanadi: 1) tu tun-siz P. (nitrotsellyuloza asosidagi) piroksilinli P., karbitlar va ballistitlarga boʻlinadi; 2) aralashmali P. (yoqilgʻi va oksidlovchidan iborat), jumladan tutunli P. (qora P.) kon ishida dekorativ toshlar (marmar, diabaz va b.)ning yirik boʻlaklarini ajratib olishda, tutunsiz P. karyerlarda portlash ishlarida, artilleriya va oʻqli qurollarning oʻqdorilari sifatida, pirotexnik qurilmalar va b.da qoʻllanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil