Pooh Shiesty

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pooh Shiesty
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Lontrell Donell Williams Jr.
8-noyabr 1999-yil (1999-11-08) (24 yosh)[1]
Tennesi, Qo'shma Shtatlar.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Reper • Muallif
Leybl
Janr
Faoliyat yillari 2019–hozirgacha
Veb-sayt https://www.poohshiestymusic.com

Lontrell Donell Williams Jr. (1999-yil 8-noyabrda tugʻilgan), Pooh Shiesty nomi bilan mashhur, amerikalik reper. U egasi Gucci Mane hisoblangan 1017 Records, keyinchalik Atlantic Records bilan shartnoma imzolagan. U 2020-yilda reper va leybldagi boshqa reperlar bilan hamkorligi tufayli shuhrat qozondi. U 2020-yilda Lil Durk ishtirokidagi „Back in Blood“ duet singli bilan mashhur boʻldi. Shiesty 2021-yil 5-fevralda AQSh Billboard 200 roʻyxatida 3-oʻrinni egallagan „Shiesty Season“ debyut miksteypini chiqardi. Shiesty nomini marhum akasi bergan va bu uning bolalikdagi „Mr. Pooh“ laqabidan kelib chiqqan[2][3].

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shiesty Tennessi shtatining Memfis shahrida oʻsgan. U ikki yil davomida Texasda yashadi. U 18 yoshida musiqaga eʼtibor qarata boshlagan[4].

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pooh Shiesty oʻz karyerasini 2019-yil 15-martda chiqqan debyut singli „Hell Night“ bilan boshladi, keyin esa 2019-yil 19-fevralda musiqani rasmiy videosi chiqdi. „Shiesty Summer“ singli besh oydan soʻng, 2019-yil 20-avgustda chiqarildi.

2020-yil 11-martda Shiesty „At It Again“ singlini, toʻrt kundan soʻng esa „Main Slime“ singlini chiqardi. Shiesty 2020-yil 3-iyunda musiqiy video bilan birga „ABCGE“ singlini chiqardi.

Shuningdek, 2021 yilda u XXL Freshman Class-da rep ijro qilgan.

Huquqiy masalalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 13-oktabrda Pooh Shiesty Florida shtatidagi Bay Harbor orollarida otishma sodir etganlikda ayblanib hibsga olingan. Unga qurolli talonchilik, og'irlashtirilgan hujum va jinoiy o'g'irlik kabi bir qancha ayblovlar qo'yilgan. U o'sha kuniyoq hibsdan ozod etilgan

Sanʼatkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pooh Shiestyga Chief Keef, Kodak Black va Lil Wayne taʼsir koʻrsatadi.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nom Albom detallar Chartdagi oʻrni
US
[5]
US
R&B/HH

[6]
US Rap
[7]
So Icy Summer
(& 1017)
  • Chiqarilgan: 3-iyul, 2020
  • Leybl: GUWOP, Atlantic Records
29 19 19
So Icy Gang, Vol. 1
(& 1017)
  • Chiqarilgan: 16-oktyabr, 2020
  • Leybl: GUWOP, Atlantic
46 26 25

Miksteyplar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nom Albom detallar Chartdagi oʻrni Sertifikatlar
US
[8]
US
R&B/HH

[9]
CAN
[10]
Shiesty Season[11]
  • Chiqarilgan: 5-fevral, 2021
  • Leybl: Atlantic Records, 1017 Records
3 2 31
  • RIAA: Platinum

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil Nominatsiya Kategoriya Natija Man.
BET Hip Hop Awards 2021 Himself Best New Hip Hop Artist Nominatsiya [12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Pooh Shiesty Songs, Albums, Reviews, Bio & More - AllMusic“. Allmusic.
  2. Pooh Shiesty's ABCs (inglizcha), qaraldi: June 22, 2021
  3. Pooh Shiesty Tells UPROXX When He Knew "Back In Blood" Was A Hit | How I Blew Up (inglizcha), qaraldi: June 22, 2021
  4. „POOH SHIESTY – The New 1017 Records Official Website“. The New 1017 Records (2020-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  5. „Gucci Mane Chart History: Billboard 200“. Billboard. Qaraldi: May 29, 2021.
  6. „Gucci Mane Chart History: Top R&B/Hip-Hop Albums“. Billboard. Qaraldi: May 29, 2021.
  7. „Gucci Mane Chart History: Top Rap Albums“. Billboard. Qaraldi: May 29, 2021.
  8. Caulfield, Keith (February 14, 2021). „Morgan Wallen's 'Dangerous' No. 1 for Fifth Week on Billboard 200 While 'If I Know Me' Hits Top 10 for First Time“. Billboard. Qaraldi: February 15, 2021.
  9. „Top R&B/Hip-Hop Albums Chart: Week of February 20, 2021“. Billboard. January 2, 2013. Qaraldi: February 17, 2021.
  10. „Billboard Canadian Albums Chart: Week of February 20, 2021“. Billboard. January 2, 2013. Qaraldi: February 17, 2021.
  11. „Shiesty Season by Pooh Shiesty on Apple Music“ (2021-yil 5-fevral). Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
  12. Nazareno, Mia (October 5, 2021). „2021 BET Hip Hop Awards Winners: Complete List“. Billboard.