Podolsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Podolsk — RF Moskva viloyatidagi shahar (1781 y.dan), Paxra daryosi sohilida. Moskvadan 43 km jan.dagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 197 ming kishi (1998). Mexanika (tikuv mashinalari), mashinasozlik (bugʻ qozonlari va b.), q.x. mashinalari, akkumulyator, kabel zavodlari, rangli metallurgiya, qurilish materiallari korxonalari va b. bor.

P.ning sanoati 19-a.ning oxiridan rivojlana boshladi (sement zavodi, tayyor qismlardan "Zinger" tikuv mashinalari yigʻish zavodi va b. qurildi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil