Paxmoqtukli astragal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paxmoqtukli astragal
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Astragal
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Astragalus pseudanthylloides

Paxmoqtukli astragal (lotincha: Astragalus pseudanthylloides) — burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Surxondaryo viloyati gʻarbiy Hisor tizmasida, tosh, shagʻalli tuproqlarda tarqalgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandligi 15-25 sm gacha yetadigan, koʻp yillik, ikki urugʻpallali, oʻsimlik. Oʻq ildiz tizimiga ega. Barglari, oddiy, qirqilmagan, poyada navbatma-navbat joylashgan, uzunligi 6—12 sm, barg bandi yaxshi taraqqiy etmagan. Bargchalari 10—16 juft, ellipssimon, teskari tuxumsimon shaklda, uchi oʻtkir, qattiq, ustki tomoni tomirlar bilan qoplangan, kulrang tukda, ostki qismi ipaksimon uzunligi 4-12 mm boʻlgan oq tuklar bilan qoplangan. Gulpoyalarining uzunligi bargining uzunligiga teng yoki ulardan biroz uzunroq, tashqi tomondan qisqa oqish momiq tuklar bilan qoplangan. Gullari, ikki jinsli, shingil toʻpgulda yigʻilgan. Shingilda gullar zich joylashmagan, toʻpgul uzunligi 10-17 sm, 18—25 ta guldan tashkil topgan. Gultojibarglari oq yoki och pushti rangda boʻladi. Gul chidagi tuguncha qalin oq yopiq tuklar bilan qoplangan. Hasharotlar yordamida changlanadi. May oyida gullab, mevasi iyulda yetiladi. Mevasi — dukkak meva.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yovvoyi holatda kam uchrovchi endemik tur. 1984—yildan 2001—yilgacha faqatgina 30 tup oʻsimlik topilgan. Surxondaryo viloyati gʻarbi Hisor tizmalarida tarqalgan. Togʻlarning oʻrta va pastki qismlardagi tosh shagʻalli yonbagʻirlarda oʻsadi. Kamayib ketish sabablari aniqlanmagan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Астрагал ложноязвенниковый — Astragalus pseudanthylloides — Описание таксона — Плантариум“. 2015-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-may.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.