Pavel Melnikov yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pavel Melnikov yodgorligi — rus olimi mexanik va muhandisi, Sankt-Peterburg — Moskva temir yoʻli loyihasi mualliflaridan biri Pavel Melnikovga oʻrnatilgan haykal. Komsomolskaya maydoni istirohat bogʻida oʻrnatilgan. Loyiha mualliflari — haykaltaroshlar Salavat va Sergey Sherbakov, meʼmorlar — Viktor Vasilyevich Pasenko va Sergey Gerasimovlardir [1][2]. Moskva yaqinidagi Jukovskiydagi zavodda Rossiya yoʻllari va aloqa vazirligi mablagʻlari hisobidan tayyorlangan[3][4].

Tashqi mediafayllar

2002-yilda boʻlajak yodgorlikning birinchi toshini qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi[5][6]. Yodgorlik 2003-yil 1-avgustd, temiryoʻlchilar kuni arafasida ochilgan. Xiyobon maydoni ham obodonlashtirildi: gulzorlar, oʻrindiqlar, favvora oʻrnatildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan bayramda temir yoʻllar vaziri Gennadiy Fadeyev, Moskva meri Yuriy Lujkov, Bosh vazir oʻrinbosari Boris Aleshin, Davlat Dumasi vitse-spikeri Vladimir Lukin, Liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy, Rossiyaning barcha magistrallaridan ishchilar va faxriylar ishtirok etdilar. [7][8][9].

Toʻrt metrli bronza haykal qizil granitdan yasalgan toʻrtburchak tagkursiga oʻrnatilgan unda esa "Melnikov Pavel Petrovich, Rossiyaning birinchi temir yoʻllari vaziri " degan esdalik yozuvi yozilgan. Yodgorlikning umumiy balandligi oʻn metrga yaqin. Olim oʻzining barcha ordenlari va mukofotlari bilan vazir kiyimida bor boʻyi bilan tasvirlangan. Boshi biroz chapga burilgan. Chap qoʻli bilan u Leningrad temir yoʻl stantsiyasiga ishora qilib turibdi. Oʻng qoʻli tirsagidan bukilgan boʻlib, oʻramni ushlab turibdi. Yodgorlik poydevorida mualliflar nomi keltirilgan[9][10][11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Вострышев 2009.
  2. Яков Широков. „Ну и денёк“. Радиостанция «Эхо Москвы» (2014-yil 3-avgust). Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  3. „Памятник Павлу Петровичу Мельникову“. Управа Красносельского района (2003). 2018-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  4. „В Москве поставят памятник министру путей сообщения“. Иформационное агентство «РБК» (2003-yil 30-iyul). Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  5. Григорий Тебенихин. „На Комсомольской площади Москвы заложен первый камень будущего памятника первому российскому министру путей сообщения“. РИА Новости (2002-yil 31-iyul). Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  6. „Мельников Павел Петрович“. ОАО «РЖД» (2003). Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  7. Шокарев, Вострышев 2018.
  8. Анна Камелина. „Мельникову открыт памятник на Комсомольской площади“. РИА Новости (2003-yil 1-avgust). 2018-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  9. 9,0 9,1 „Памятник Павлу Мельникову: сто тонн гранита, мундир и ордена“. Сетевое издание «Вести. Ру» (2003-yil 1-avgust). Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  10. Департамент культурного наследия города Москвы. „Памятник первому министру путей сообщения“. Узнай Москву (2016). Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  11. „В Москве откроется памятник Мельникову“. РИА Новости (2003-yil 1-avgust). Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]