Pavel Grebentsov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pavel Grebentsov
Tavalludi 1981-yil 10-iyun
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Veb-sayti http://xn--b1addd2bekffkh.xn--80asehdb sodrujestvo.onlayn

Pavel Anatoliyovich Grebentsov (1981-yil 10-iyun, Toshkent) – rossiyalik yunon-rum kurashchisi, jamoat arbobi va kurash (yunon-rum kurashi) boʻyicha Rossiya xalqaro toifadagi sport ustasi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pavel Grebentsov 1981-yil 10-iyunda Toshkentda tugʻilgan. Yunon-rum kurashi bilan 1992-yilda Toshkentda „Spartak“ sport klubida trenerlar Valeriy Nikolayevich Ema, Andrey Valeryevich Nagorniy va Gʻayrat Abdullayev rahbarligida shugʻullanishni boshlagan. 2002—2004-yillarda yunon-rum kurashi boʻyicha Rossiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. 2002-yildan 2005-yilgacha armiyaning Markaziy sport klubida (CSKA, Moskva) harbiy xizmatni oʻtagan.

U 2011-yili Sibir davlat xizmati akademiyasini „Davlat va munitsipal boshqaruv“ mutaxassisligini, 2018-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasining „Davlat va munitsipal boshqaruv“mutaxassisligi boʻyicha magistraturasini tamomlagan.

Ijtimoiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda „Sport Kuzbass“ avtonom notijorat tashkilotini tashkil etib, unga boshchilik qilgan. Oʻsmirlar oʻrtasida SSSR ZMS V. P. Manayev xotirasiga bagʻishlangan yunon-rum kurashi boʻyicha turnirni qayta tiklaydi.

2007—2011-yillarda Kemerovo viloyati yunon-rum kurash Federatsiyasi prezidenti boʻlgan. ANO asoschilaridan biri Yuriy Arbachakovning boks klubi da (2010) ishlagan. 2012-yildan boshlab „Hamdoʻstlik“ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ano asoschisi va rahbari boʻlgan.

Pavel Grebentsov bir qator ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha va tadbirlarning tashabbuskori boʻlib, ularni amalga oshirilishiga rahbarlik qilgan:

Afsonaviy sovet kurashchisi, jahon chempioni va klassik kurash boʻyicha Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori Vladimir Petrovich Maneevga yodgorligini oʻrnatish – V. P. Maneyev (Novokuznetsk) nomidagi 6-sonli sport maktabi fasadiga;

Novokuznetsk markaziy tumanidagi bulvarga Vladimir Petrovich Maneyev nomini berish;

V. P. Maneev haykali uning nomidagi bulvarda oʻrnatilishi va tantanali ochilishi (2018[1]).

Shuningdek, u „Mehnat zahiralari“ VFSO ning Novosibirsk mintaqaviy boʻlimi raisi (2019-yilning iyun oyidan beri[2]).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Открыт памятник кузбассовскому «классику» Манееву“ (ru). Новосибирский региональный общественный фонд «Карелин-Фонд». 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-may.
  2. „Летняя спартакиада под эгидой «Трудовые резервы» прошла на АО «НЗИВ»“ (ru). Трудовые резервы (2019-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-may. [sayt ishlamaydi]