Patrick Kisnorbo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Patrik Fadio Maksim Kisnorbo (inglizcha: Patrick Fabio Maxime Kisnorbo)1981 -yil 24-martda AvstraliyaningMelburn shahrida tugʻilgan. Patrik Fadio Maksim Kisnorbo avstraliyalik futbolchi boʻlib, maydonda yarim himoyachi vazifasini bajargan. „Lester City“, „Melburn City“ va Avstraliya terma jamoasida oʻynagan. Hozirgi kunda „Melburn City“ jamoasi bosh murabbiyi.

Patrick Fabio Maxime Kisnorbo Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Patrick Fabio Maxime Kisnorbo
Tugʻilgan 24-mart 1981-yil(41 yosh)
Melburn, Avstraliya
Fuqaroligi Flag Avstralii Avstraliya
Flag Italii Italiya
Boʻyi 188 sm
Pozitsiya himoyachi
Hozirgi jamosi
Klub Flag Avstralii Melburn City
Vazifasi Bosh murabbiy
Jamoalardagi faoliyati
2000—2003 Flag Avstralii Saut Melburn 67 (3)
2003—2005 Flag Shotlandii Xart of Midlotian 48 (1)
2005—2009 Flag Anglii Lester City 126 (10)
2009—2013 Flag Anglii Lids United 49 (1)
2013 Flag Anglii Ipsvich Taun 3 (0)
2013—2016 Flag Avstralii Melburn City 76 (5)
Milliy terma jamoada
2001 Flag Avstralii Avstraliya (U 20) 14 (1)
2003—2004 Flag Avstralii Avstraliya (U 23) 3 (0)
2002—2009 Flag Avstralii Avstraliya 18 (1)
Trenerlik faoliyati
2016—2017 Flag Avstralii Melburn City (yosh.) ass.
2017 Flag Avstralii Melburn City (ayol.) ass.
2017—2018 Flag Avstralii Melburn City (ayol.)
2018—2020 Flag Avstralii Melburn City ass.
2020—h.v. Flag Avstralii Melburn City
Xalqaro medallari
OFK Millatlar kubogi
Kumush Yangi Zelandiya 2002
Oltin Avstraliya 2004

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kisnorbo oʻz faoliyatini Janubiy Melburnda oʻz shahridan boshlagan. U jamoada 3-5 mavsum oʻynadi va ularga Milliy Liga chempioni boʻlishlariga yordam berdi[1].

2003-yilda Patrik Shotlandiyaning „Heart of Midlothian“ jamoasiga koʻchib oʻtgan[2]. U jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 2004-yil 24-oktabrda „Hibernian“ga qarshi oʻyinda Kisnorbo Shotlandiya Premer-ligasidagi yagona golini urgan[3]. Patrik tezda yangi jamoaga moslashdi va uning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi. 2004-yilda u klubga UEFA kubogida yordam berdi va Portugaliyaning „Braga“ darvozasiga gol urgan[4].

2005-yilda Kisnorbo chempionatdan Angliyaning “Leicester City" jamoasiga oʻtgan[5]. Patrik bilan yil oxirigacha olti oylik shartnoma imzolangan. 15-oktabr kuni „Watford“ga qarshi bahsda u „tulkilar“ safidagi ilk golini urdi. „Lester“dagi muvaffaqiyatli oʻyinlari va qisqa muddatli kelishuv tugaganidan soʻng, Kisnorbo „Uigan Atletik“ bilan shartnoma imzolashni xohladi, ammo „Fox“ rahbariyati shartnomani yanada qulayroq shartlarda uch yilga uzaytirishga muvaffaq boʻldi. Toʻrt mavsum davomida Patrik klub tarkibida koʻplab oʻyinlar oʻtkazdi.

2009-yilning yozida u ikki yillik shartnoma asosida „Lids United“ga oʻtgan[6]. 8-avgust kuni „Exeter City“ klubiga qarshi oʻyinda Patrik yangi jamoada debyut qilgan[7]. Kisnorbo „Lids“ safidagi ilk golini 24-oktabr kuni „Milluoll“ga qarshi oʻyinda kiritgan[8]. 2013-yil boshida u „Ipsvich Taun“ safida ijara asosida oʻynay boshlagan[9].

Oʻsha yilning sentabr oyida Kisnorbo oʻz vataniga qaytib keldi va u yerda „Melburn Heart“ bilan bir yillik shartnoma imzolagan[10]. 12-oktabr kuni „Melburn Victory“ga qarshi duelda u A-ligada debyut qilgan[11]. 2014-yil 25-yanvarda „Adelaida United“ga qarshi oʻyinda Patrik yangi klubi uchun birinchi golini urgan[12]. 2016-yilning 1-may kuni Kisnorbo nafaqaga chiqqanini eʼlon qildi va „Melburn City“ yoshlar jamoasi boshqaruvchisi lavozimini egalladi[13].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda Kisnorbo Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi.

2007-yilda u Osiyo Kubogida ishtirok etgan. Turnirda Kisnorbo Ummon va Iroq jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[14][15].

Avstraliya terma jamoasi safida kiritgan gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2009-yil 5-sentabr Seul World Cup stadium, Seul, Koreya Respublikasi  Janubiy Koreya 2: 1 3: 1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Football.co.uk Profile“ (en). Football.co.uk. 2013-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-oktyabr.
  2. Peter O`Rourke. „Aussie ace makes Hearts switch“ (en). Sky Sports (2-iyul 2003-yil). 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  3. Stuart Crowther. „Reports: Hearts 2–1 Hibernian“ (en). Hibernian F.C. (24-oktabr 2004-yil). 2004-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 9-aprel.
  4. „Hearts 3–1 Braga“ (en). BBC Sport (16-sentabr 2004-yil). 2013-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-oktyabr.
  5. Paul Higham. „Kisnorbo in Foxes move“ (en). Sky Sports (26-aprel 2005-yil). 2020-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  6. „United swoop for international defender“ (en). Leeds United A.F.C. (22-iyul 2009-yil). 2020-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  7. „Лидс Юнайтед VS. Эксетер Сити 2:1“ (en). soccerway (2009-yil 8-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-yanvar.
  8. „Миллуолл VS. Лидс Юнайтед 2:1“ (en). soccerway (2009-yil 24-oktyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-yanvar.
  9. „Patrick Kisnorbo seals Ipswich Town loan deal“ (en). BBC Sport (3-yanvar 2013-yil). 2021-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  10. Dave Lewis. „Melbourne Heart seals Kisnorbo signing“ (en). The World Game (2013-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  11. „Мельбурн Виктори VS. Мельбурн Сити 0:0“ (en). soccerway (2013-yil 12-oktyabr). 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-yanvar.
  12. „Аделаида Юнайтед VS. Мельбурн Сити 2:2“ (en). soccerway (2014-yil 25-yanvar). 2014-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-yanvar.
  13. Michael Lynch. „A-League: Patrick Kisnorbo retires after 16 years, will stay with City as youth coach“ (en). The Sydney Morning Herald (1-may 2016-yil). 2020-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  14. „Австралия VS. Оман 1:1“ (en). soccerway.com (2008-yil 7-iyul). 2014-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-yanvar.
  15. „Ирак VS. Австралия 3:1“ (en). soccerway.com (2008-yil 13-iyul). 2015-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-yanvar.