Parrandachilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parrandachilik — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. P.ning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. P.da tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan olinadi. Goʻsht yetishtirish uchun goʻsht beradigan tovuq, oʻrdak, kurka, gʻoz, sesarka, goʻsht kaptarlar koʻpaytiriladi. Parranda goʻshti yetishtirishning asosiy manbai — broy-lerlarni boqishdir. Shuningdek, bedanadyan parhez tuxum va goʻsht olinadi.

P. bundan 4 ming yil muqaddam dastlab tovuqlar xonakilashtirilgan Hin-distoda paydo boʻlgan va keyinchalik boshqa mamlakatlarga asta-sekin tarqalgan. Keyinchalik parrandalarning boshqa turlari ham xo-nakilashtirilgan. 18—19-a.larda Yevropa, Osiyo va Amerikada uy parrandalarining koʻpdan-koʻp zotlari yaratildi.

Oʻzbekistonda 1920-y.larning oxiriga qadar parranda, asosan, jaydari va kammahsul tovuq zotlari faqat xonadonlarda boqilgan. Respublikada P.ning q.x. tarmogʻi tarzida rivojlanishi 20-a.ning 20-y.lariga toʻgʻri keladi. Birinchi P. fermalari 1929 y. Qoʻqon sh. yonidagi va Samarqand viloya-tidagi artellarda tashkil etilgan. 1930 y. Toshkentda "Oʻzparrandainkubatormarkaz" tuzildi. Oʻsha yili respublikada dastlabki Kattaqoʻrgʻon inkubator styasi ishga tushirildi. Oʻzbekistonda P. urushdan keyingi yillarda tez rivojlandi. 1950 y. respublikada 11 ta inkubator styasi ishladi. Inkubator P. styalari k-z va s-zlarda P. fermalarini tuzishda yordam berdi. 1959 y. Buxoro inkubator P. styasi negizida respublikada 1-Buxoro P. f-kasi tashkil etildi. 1960 y.dan esa inkubator P. styalari 150—180 ming tovuq uchun moʻljallangan Toshkent, Oʻrtasaroy, Samarqand, Gʻallaorol va Fargʻona P. f-kalariga aylantirildi. 1964 y.da Respublika Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibida "Oʻzparrandasanoat" respublika i. ch. birlashmasi tashkil etildi. 70 dan ortik, P. f-kasi, 12 nayelchilik xoʻjaligi, parrandalar kasalliklari boʻyicha respublika veterinariya lab. va b. tashkilotlar ish olib bordi.

1958y.da Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutida P. boʻlimi, 1985 y.da genetika-seleksiya styasi (1994—2003 y.larda "Naslparranda" ilmiy markazi) tashkil etildi. 1992 y.dan respublikada goʻsht yoʻnalishida kurkachilikni rivojlantirish boʻyicha Isroilning "MAD" firmasi bilan hamkorlikda Xonobod (1993), Chimyon (1992), Rishton, Urganch va Yangiyoʻl (1995) P. f-kalari kurkachilikka ixtisoslashdi. Germaniya, Belorussiya, Isroil, Gollandiya, Qo-zogʻistondan keltirilgan zotli tovuq va kurka tuxumlaridan joʻja ochirish yoʻlga qoʻyildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1996 y. 29 noyabrdagi "Par-randachilik xoʻjaliklarini kurka goʻshti yetishtirish uchun modernizatsiya qilish toʻgʻrisida" qaroriga koʻra, xo-rijdan olingan kreditlar hisobiga kurkachilikka ixtisoslashgan f-kalar soni koʻpaydi.

2003 y. 4 sent.da Respublika Vazirlar Mahkamasining "Parrandachilikda monopoliyadan chikarish va iktisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarori bilan "Oʻzparrandasanoat" uyushmasi tugatildi, uning tarkibiga kirgan aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi 25 P. f-kalari toʻliq xususiylashtirildi.

Oʻzbekistondagi xoʻjaliklarda tovuq (tuxum, goʻsht yoʻnalishlari), goʻsht uchun kurka, qisman oʻrdak, gʻoz, parhez taomlar uchun bedana boqiladi. Asosan, tovuqning oq leggorn, "Naslparranda" ilmiy markazida yaratilgan ikki tizimli, mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan, yiliga 240—250 donagacha tuxum qiladigan "Oʻzbekiston" krossi yetishtiriladi.

Intensiv P.ningtexnologikjarayonlari sanoat negizida tashkil etilgan boʻlib, yil davomida bir maromda tuxum va goʻsht i.ch.ni taʼminlaydi. Par-randalar, asosan, quruq aralash yemlar bilan boqiladi. Aralash yemga boʻlgan oʻrtacha yillik ehtiyojlar (bir bosh uchun, kg): kataklarda boqiladigan tuxum beradigan sanoat galalari uchun — 50; tuxum beradigan zotli galalar uchun —54; goʻsht olinadigan galalar uchun — 65; 2 oygacha boʻlgan broyler joʻjalar uchun — 4,7, tuxum olishga moʻljallanadigan 5 oylikkacha boʻlgan joʻjalar uchun —11,8.

Oʻzbekistonda 2000 y.da 1252,9 mln. dona tuxum yetishtirildi, 14 mln. parranda boqildi.

Xorijiy mamlakatlarda P. juda taraqqiy etgan. AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va b. bir kator mamlakatlarda yirik mexanizatsiyalashgan korxonalar barpo etilgan.

Jahonda 20-a.ning 80-y.lari oxirida 500 mlrd. donadan ortiq tuxum (eng kup AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniyada), 150 mln. t goʻsht ( AQSH, Braziliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya) ishlab chiqarildi. BMT maʼlumotlariga koʻra, jahon mamlakatlarida 14139 mln. tovuq, 244 mln. kurka boqiladi (1999). Yana q. Bedana, Kurka, Tovuk, Gʻoz, Sesarka.

Adabiyot[tahrir]

  • Razvedeniye, soderjaniye i kormleniye ptitsi, Per. s nem., 1972; Promishlennoye ptitsevodstvo, M., 1985; Azimov S, Parrandachilikda naslchilik ishlari, T., 1982.

Sayfiddin Azimov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil