Palermo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Palermo — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya viloyati va Palermo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 652,6 ming kishi (2001). Iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakat jan.da Neapoldan keyin 2-oʻrindagi shahar. Tirren dengizi sohilidagi port (chetga sitrus mevalar chikariladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kemasozlik va kema taʼmirlash, samolyotsozlik, q. x. mashinasozligi, kimyo, yogʻochsozlik, sement, oziq-ovqat, toʻqimachilik, poyabzal, poʻlat quyish, poligrafiya, tamaki, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. P. — turizm markazi, kishki kurort. Har yili xalqaro yarmarkalar oʻtkaziladi. Un-t (1777), Nafis sanʼat akademiyasi, konservatoriya, rasadxona, Milliy galereya, arxeologiya, milliy, etnografiya va b. muzeylar, botanika bogʻi, opera va drama teatrlari bor. Shaharga mil. av. 8-a.da finikiyaliklar tomonidan asos solingan. 14— 16-a.larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil