Palaxmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shved palaxmoni, XIX asr.

Palaxmon yoki katapulta — uzoq masofaga uloqtiruvchi mexanik qurilma. Bunda toʻpni itarish uchun kimyoviy (portlovchi modda) emas, balki mexanik potensial energiya ishlatiladi. Palaxmonni Qadimgi Yunonistonda ixtiro qilishgan.[1]

Palaxmon (fors, arab. — falloxun) — toshotar, sopqon. Qadimda va oʻrta asrlarda tosh yadrolarini dushman tomon irgʻitadigan maxsus urush quroli. Manjaniqnnt kichikturi. Palaxmon aksariyat mudofaa inshootlari, xususan, qalʼa devorlarini buzish maqsadida qoʻllangan. Oʻt sochish qurollari, jumladan, toʻpning qurollanishga kirib kelishi palaxmondan foydalanishga chek qoʻygan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Diodor von Sizilien 14,42,1 und die Erfindung der Artillerie im Mittelmeerraum“. 2008-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil