Ozodlik Haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ozodlik Haykali

Ozodlik haykali dunyoning eng tanilgan obidalaridan biri bo'lib, 1886 yil AQSh - N'yu-Y'ork shaxrida qurilgan. Ozodlik haykali, AQShning eng katta timsollaridan biridir.

Misdan yasalgan Ozodlik Haykali, Fransiya tarafidan qurulishining 100-yili sababli AQShga sovg'a qilingan. Haykal, 1884-1886 yillari orasida Frederic Bartholdi tarafidan qurilgan. Haykalning Po'lat skiletini yasuvchisi Gustave Eiffel, poydevorini quruvchisi esa Richard Morris edi. Ozodlik haykali AQSh - N'yu-Y'ork shaxridagi Ozodlik orolida joylashgan

Haykalning o'ng qo'lida mash'al, chap qo'lida esa bir jadval bor. Jadvalning ustida 4 iyul 1776 yil deb yozilgan (Mustaqillikni bildiruvchi sana). Mash'alning esa 7 dengizni ifodalovchi 7 uchi bor. Haykalning uzunligi 46 m bo'lib, poydevori bilan birga 93 m dir. Turistlar haykalning ichidan mash'algacha 168 zinapoyadan iborat bo'lgan zinadan chiqishlari mumkin. Haykalning mash'al ushlab turgan o'ng qo'lining uzunligi 23 metrdir. Mash'alning atrofidagi bo'shliqda tahminan 15 kishi bemalol yon-mayon yursa bo'ladi. Haykalning boshining kengligi 2 metr, boshidagi tojining uzunligi esa 5 metrdan iborat.

Ozodlik haykali, uni ko'rishni hohlagan barcha turistlar uchun ochiq. Uni ko'rish, zinasidan eng tepasigacha chiqib N'yu-Y'ork manzaralarini tamosha qilish uchun, haykal joylashgan, N'yu-Y'orkdagi Ozodlik oroliga borish yetarli.

Haykalga, Singer tikuv mashinalarining quruvchisi Isaac Singerning xotini Isabelle Eufenie Boyer modellik qilgan. Ozodlik Haykali 1884 yilda Fransiyada qurib bo'lingandan 1 yil son'gra 350 parchaga bo'linib 214 sandiq ichida N'yu-Y'orkga keltirildi. Bo'laklar, 4 oy ichida poydevorning ustiga birlashtirilib yangidan qurildi va 28 oktabr 1886 yilda minglarcha tamoshabinlarning qarshisida ochilishi e'lon qilindi.

Ozodlik Haykali, 1984 yil UNESCOning Dunyo madaniyat me'rosi jadvalida o'z o'rnini egalladi.

Bu Haykalning nus'halari boshqa shaxarlarda ham mavjuddir. Misol uchun Parijda Ozodlik Haykalining nus'halaridan biri mavjud. U nuska Atlantika okeaniga qaratilgan holda qurilgan. Ulardan biri Parijda, Atlantika okeaniga qaratilib qurilgan. Haykalning qolgan nus'halari Nevada, Pekin, Osaka, Bordeaux kabi shaxarlarda ham mavjud.