Orif Ayupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Orif Ayupov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1906-yil
Oʻzbekiston, Toshkent shahri
Fuqaroligi Oʻzbekiston fuqarosi
Millati Oʻzbek
Istiqomat joy(lar)i Oʻzbekiston
Kasbi
  • jurnalist

Orif Ayupov (1906-yilda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik jurnalist.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orif Ayupov Toshkent shahrida gumashta oilasida dunyoga kelgan. 1918—1923-yillarda yangi ususldagi „Naʼmuna“ maktabida taʼlim olib chiqqan Orif keyinchalik 1923—1925-yillari Toshkent erlar maorif institutida tahsil olgan. 1925—1926-yillarda SAGUning pedagogika boʻlimining ikkinchi kursini tugatgan. Soʻngra Samarqand shahriga yuborilgach u yerdan Xiva shahriga yoʻllanma berilgan. 1926—1928-yillar Xivada yetti yillik maktab mudiri lavozimida ishlagan. 1929-dan 1930-yilgacha esa xotin-qizlar maorif institutida oʻqituvchi, 1930-yildan esa „Sharq haqiqati“ gazetasi masʼul kotibining yordamchisi va 1930—1935-yillarda Respublika radiokomiteti qishloq xoʻjalik boʻlimida muharrir lavozimida ish yuritgan[1]. 1935—1937-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida adabiy xodim, „Yangi hayot“ hamda „Oʻzbekiston sotsialistik qishloq xoʻjaligi“ gazetasida masʼul kotib, jurnal yopilgach 1942-yildan boshlab „Tashtranssoyuz“ tashkilotida madaniy-maʼrifiy ishlar yoʻriqchisi vazifasida ishlagan. 1942—1944-yillari Mehnat armiyasida hizmat qilgan.1942—1946-yillarda maorif komissarligi tomonidan №135 son maktabga oʻqituvchi qilib tayinlangan. Shu kundan boshlab to 1948-yil 30-noyabrgacha „Oʻqituvchilar“ gazetasida mas’ul kotib, soʻng davlat nashriyotining oʻquv boʻlimida katta muharrir sifatida faoliyat olib borgan.

Ayblov[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-yil 5-noyabrda NKVD tomonidan qamoqqa olingan. SSSR DXMning Maxsus kengashi tomonidan gʻayrisovet tashviqoti va yolgʻon xabar tarqatgan degan ayblov bilan 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan. SSSR Ichki ishlar ministrligi lagerlarida, qamoqxonalarida, koloniyalarida aksilinqilobiy jinoyatlari uchun ushlab turilgan mahkumlarning ishini qayta koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy Komissiya Majlisining 1954-yil 6-dekabrdagi qarori bilan ish harakatdan toʻxtatilgan, soʻngra DXM maxsus kengashining 1950-yil 14-oktabridagi bergan qaroriga koʻra hukm bekor qilingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Аюпов Ориф“. ishonch-doverie.uz. Qaraldi: 4-may 2024-yil.
  2. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635 bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.