Omon Hatamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Omon Hatamov—sharqshunos filolog, hindshunos, tarix fanlari nomzodi, diplomat. (1944 – 2010) – Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1965-yil bitiruvchisi.

Faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1966-yil Hindistonning Gudjarot shtatida tarjimon
  • 1967-yil Respublika Tinchlikni himoya qilish komitetida maʼsul kotib
  • 1971-yil Vazirlar kengashida, diniy ishlar boʻyicha kengash apparatida referent
  • 1973-may oyidan Oʻzb KP MKning “Axborot va tashqi aloqalar” boʻlimida inspektor
  • 1976 – 1979-yillarda KPSS MK qoshidagi Ijtimoiy fanlar akademiyasida aspirant
  • 1979 – 1981-yillarda Oʻzbekiston Oliy Kengash Prezidiumi raisi kotibiyatining mudiri
  • 1981 – 1984-yillarda Bangladesh Xalq Respublikasidagi elchixonada maslahatchi (shu orada 1982-y. Sovet Ittifoqi TIV tomonidan unga Diplomat rangi berildi)
  • 1984 – 1985-yillarda MQning partiya tashkiliy ishlar boʻlimida inspektor boʻlib ishladi
  • 1985 – 1989-yillarda Oʻzbekiston KP MKning Axborot va tashqi aloqalar boʻlimi mudiri oʻrinbosari
  • 1989 – 1991-yillarda Toshkent rus tili va adabiyoti institutida prorektor boʻlib ishladi
  • 1991 – 1992-yillarda Oʻzbekiston Oliy Kengash Prezidiumi apparatida parlamentlararo boʻlim mudiri
  • 1992 – 1993-yillarda OʻzR TIV da vazir oʻrinbosari. 2010-yil 22-fevralda ogʻir xastalikdan vafot etdi.

Ilmiy yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistondagi ijtimoiy jarayonlar. 15 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Asosiy ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: «Kommunisticheskaya partiya Indii v borbe za splocheniye levыx, demokraticheskix sil stranы /1971 – 1978gg. / Akademiya obщestvennыx nauk pri SK KPSS. – Moskva, 1979.

  • Kommunisticheskaya partiya Indii v borbe za ekonomicheskiye interesы i demokraticheskiye prava indiyskix trudyaщixsya (70-ye godы) // Kommunistы i sovremennыy mir. Vыp. III. – M.: AON, 1979. - 2,0 p.l.
  • Hindistonda 70-yillar ichki siyosiy vaziyat va hind Kompartiyasining tutgan siyosati. Hind kompartiyasi bugungi kunda. – Toshkent, 1978. - 0,9 b.t.
  • Kompartiya Indii v borbe za sotsialnыe preobrazovaniya // Agitator Uzbekistana. – Tashkent, 1976. – №10. - 0,3 p.l.
  • Oltmishinchi yillar sharqshunoslari // Oʻzbekiston sharqshunoslik maktabi. – Toshkent: OʻzME, 2009. – B.372 – 382.
  • Umr zarvaragʻi // Chin ziyoli timsoli / Fotih Gʻulomovich Teshaboyev haqida xotiralar. – Toshkent, 2009. – B.21 – 29.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O'zbekiston sharqshunoslar bibligrafiyasi, Toshkent, 2021