Oliver Abildgaard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oliver Abildgaard Nielsen (talaffuzi: Oliver Abilgor Nilsen; 1996-yil 10-iyunda Daniyada tugʻilgan) — Daniyalik futbolchi, „Celtic“ futbol klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Oliver Abildgaard
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oliver Abildgaard Nielsen
Tavallud sanasi 10-iyun 1996-yil (1996-06-10) (27 yosh)
Tavallud joyi Hasseris‚ Daniya
Boʻyi 1.93 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Celtic
Raqami 28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Aalborg Freja
AaB
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2020 AaB 79 (3)
2020Rubin Kazan (ijara) 4 (0)
2020— Rubin Kazan 55 (1)
2022—Celtic (ijara) 6 (0)
Milliy terma jamoa
2015 Daniya U20 1 (0)
2016—2019 Daniya U21 11 (2)
2020 Daniya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 9-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliver Abildgaard „Aalborg“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2015-yil 20-iyulda Daniya Superligasida „Esbjerg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[1]. Birinchi oʻyinida Oliver Abildgaard avvaliga penalti muallifiga aylangan, keyin esa hisobni tenglashtirgan. 2020-yilning 3-fevralida Oliver Abildgaard sotib olish opsiyasi bilan 2020-yilning iyunigacha ijara asosida Rossiyaning „Rubin“ futbol klubiga o‘tgan. 1-mart kuni „Tambov“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u RPLda debyut qilgan[2]. Ijara muddati tugagach, „Rubin“ futbol klubi sotib olish opsiyasi qoʻllagan va Oliver Abildgaard bilan 2024-yil iyun oyigacha toʻliq shartnoma imzolagan[3]. 2021-yilning 21-noyabr kuni „Sochi“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Oliver Abildgaard „Rubin“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[4]. 2022-yil 2-sentabrda „Rubin“ futbol klubi Oliver Abildgaardni 2023-yilning yoziga qadar „Seltik“ futbol klubiga ijaraga bergan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Oliver Abildgaard Daniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Oliver Abildgaard Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[5].

2020-yilning noyabr oyida Oliver Abildgaard birinchi marta Daniya terma jamoasiga chaqirilgan[6]. Oliver Abildgaard 2020-yilning 11-noyabr kuni Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:0) Tomas Delanining o‘rniga maydonga tushgan va 70-daqiqada sariq kartochka olgan[7].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro turnir Jami
Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol
Aalborg BK 2015—2016 14 1 2 0 - 16 1
2016—2017 12 0 2 0 - 14 0
2017—2018 17 0 1 0 - 18 0
2018—2019 25 1 2 0 - 27 1
2019—2020 11 1 1 1 - 12 2
Jami 79 3 8 1 0 0 87 4
Rubin Kazan 2019—2020 11 0 - - 11 0
2020—2021 28 0 1 0 - 29 0
2021—2022 20 1 0 0 2 0 22 1
Jami 59 1 1 0 2 0 62 1
Celtic (ijara) 2022—2023 6 0 0 0 0 0 6 0
Umumiy faoliyatida 144 4 9 1 2 0 155 5

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ольборг vs. Эсбьерг 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 20-iyul). 2019-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  2. „Тамбов vs. Рубин 0:0“ (en). soccerway.com (2020-yil 1-mart). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  3. „Abildgaard skifter permanent til FC Rubin Kazan“ (da). AaB Fodbold (2020-yil 20-iyun). 2020-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
  4. „Сочи vs. Рубин 1:2“ (en). soccerway.com (2021-yil 21-noyabr). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  5. „Германия (до 21) vs. Дания (до 21) 3:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 17-iyun). 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  6. Никита Дарквеев. „Хавбек «Рубина» Абильгор впервые вызван в сборную Дании“ (ru). championat.com. Qaraldi: 2021-yil 29-yanvar.
  7. „Дания – Швеция, 11 ноября 2020 — Футбол. Товарищеские матчи (сборные)“ (ru). championat.com. Qaraldi: 2021-yil 29-yanvar.