O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolarga
Taqdirlash asosi oʻrta maxsus va professional ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna koʻrsatib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2022-yil 24-oktabr.

„Oʻrta maxsus va professional ta’lim a’lochisi“ koʻkrak nishoni bilan oʻrta maxsus va professional ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, oʻzining yuqori kasb-mahorati, yorqin iste’dodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt oʻrtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna koʻrsatib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi[1][2]..

Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

„Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
  • Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida varaqlariga innovatsiya va kasb-hunarni ifodalovchi belgilar tushirilgan ochiq holdagi kitob va uning ustida nur taratayotgan quyosh shakli zarhal rangda tasvirlangan.
  • Koʻkrak nishoni aylanasi boʻylab oq emal fonida zarhallangan „OʻRTA MAXSUS VA PROFESSIONAL TAʼLIM AʼLOCHISI“ yozuvi bitilgan boʻlib, yozuvlar sakkiz qirrali yulduz bilan ajratilgan. Harflar balandligi — 2 millimetr, yulduzning diametri — 2,2 millimetr.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,5 millimetr. Yozuv va tasvirlar — boʻrtma. Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
  • Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.
  • Qadagʻich eni 22 millimetrli yashil rangdagi shoyi lenta qoplangan boʻlib, oʻrtasidan 2 millimetrli hamda ikki chetidan eni 1,5 millimetrli sariq rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan.
  • Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]