Oʻzbekistonda fohishalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekistonda fohishalik noqonuniy [1], ammo Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mamlakatda fohishalik kuchayib bordi. [2] UNAIDS maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda mamlakatda 22 000 ga yaqin fohishalik bilan shugʻullanadiganlar mavjud.[3] Ayollarning aksariyati qashshoqlik tufayli Oʻzbekistonda fohishalik bilan shugʻullangani qayd etilgan. [4] [5]

Qonun bu borada samarasiz ishlaydi. [1] Ayrim ichki ishlar xodimlari fohishalarni taʼqib etib, ulardan „jarima puli“ undiradilar. [1] [5] Baʼzida fohishalar qoʻlga tushmaslik uchun huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun xabar yetkazuvchi „quloq“ sifatida ishlashadi. [5] [6] [7]

OIV[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatda OIV muammosi bor, ammo haqiqiy vaziyat omma uchun nomaʼlum, chunki hukumat muammoni yashirish uchun bu boradagi statistik maʼlumotlarni notoʻgʻri tarzda eʼlon qilmoqda. [8] Fohishalar ijtimoiy xavflilik nuqtai nazaridan eng xavfli insonlar guruhiga mansubdir va OIV infeksiyasining koʻpayishiga sababchi oʻlaroq ayblangan. [2] [9] 2004-yilda mamlakatda OIV bilan kasallangan 11 000 nafar shaxsning 20 foizini fohishalar tashkil etgan. [2]

Mijozlar odatda prezervativdan foydalanishni xohlashmaydi.[5][2] UNAIDSning hisob-kitoblariga koʻra, pul evaziga koʻrsatiladigan fohishalik xizmati mobaynida 50% odamlar prezervativdan foydalanishadi.[10] 2009-yilgi olib borilgan soʻrovlar natijasida, Rossiyaga koʻchib oʻtgan oʻzbek muhojirlarning 95%i fohishalar xizmatidan foydalangani maʼlum boʻldi. Baʼzan ularning jinsiy aloqasi himoya vositalarisiz amalga oshirilgan. Ularning ayrimlari OIV kasalligiga chalingan hamda vatanga qaytgandan soʻng oʻzbek fohishalariga ham yuqtirgan..[8]

2016-yilgi hisob-kitoblariga koʻra, fohishalar orasida OIV tarqalishi darajasi 2,9%ni tashkil qiladi [11]

Qoʻshmachilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston jinsiy zoʻravonlik, tajovuzga uchragan ayollar va bolalar uchun boshpana davlatdir. Oʻzbek ayollari va yosh bolalari Yaqin Sharq, Yevroosiyo va Osiyoda, shuningdek, mamlakat ichkarisida fohishaxonalar, klublar va turar-joylarda fohishalik savdosi qurboniga aylanmoqda. [12]

Jinoyat kodeksining 135-moddasi qoʻshmachilik, fohishalikni ham, majburiy mehnatni ham taqiqlab, 3 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishini nazarda tutadi. Hukumatning xabar berishicha, 2016-yilda oʻrganib chiqilgan jinoyatlarning 250tasi jinsiy ekspluatatsiya bilan bogʻliq. [12]

AQSh Davlat departamentining Odam savdosi monitoringi va unga qarshi kurashish boshqarmasi Oʻzbekistonni " 2-darajali kuzatuv roʻyxati " davlati qatoriga qoʻydi. [13]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „The Legal Status of Prostitution by Country“. ChartsBin. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Central Asia: HIV Infections Mount In Uzbekistan As Prostitution Rises (Part 2)“. Radio Free Europe/Radio Liberty. Qaraldi: 2011-yil 18-sentyabr.
  3. „Sex workers: Population size estimate - 2019“. www.aidsinfoonline.org. UNAIDS. Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
  4. „Uzbekistan: Sex Trade on the Rise“. Institute for War & Peace Reporting. 2014-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Uzbekistan: Police and Prostitutes in Unholy Alliance“. Institute for War & Peace Reporting. Qaraldi: 2011-yil 18-sentyabr.
  6. Anjum. „Excerpts: Lusty Indian men for "boom boom" in Uzbekistan“. Kitaab (2013-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  7. „Travelling with the Indian sex tourist to Tashkent in search of 'full enjoyment'“. 3 Quarks Daily (2014-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  8. 8,0 8,1 „Uzbekistan: HIV/AIDS Statistics“. The BEARR Trust (2012). Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar. „Uzbekistan: HIV/AIDS Statistics“. The BEARR Trust. 2012. Retrieved 31 January 2018.
  9. „In-depth: World AIDS Day 2002“. IRIN. 2008-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-sentyabr.
  10. „Condom use among sex workers - Percent, 2016“. www.aidsinfoonline.org. UNAIDS. 2018-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-iyul.
  11. „HIV prevalence amongst sex workers“. www.aidsinfoonline.org. UNAIDS (2016). 2018-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-iyul.
  12. 12,0 12,1 „Uzbekistan 2017 Trafficking in Persons Report“. U.S. Department of State. 2017-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar. Jamoat mulki Bu maqola jamoat mulki boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
  13. „Uzbekistan 2018 Trafficking in Persons Report“. U.S. Department of State. 2018-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-avgust.