Oʻzbekiston Xalq Birligi jamoatchilik harakati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Birligi jamoatchilik harakati (Xalq Birlig) 1995 yil may oyida Oʻzbekiston jamoatchiligining tashabbusi bilan tashkil qilindi. «Xalq birligi» — siyosiy partiya emas, balki umumxalq harakati boʻlib, siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda ishlaydi.

Harakatning asosiy maqsadi: demokratik, xuquqiy davlat va adolatli fuqaroviy jamiyat yaratish uchun kurashda Oʻzbekistonda istiqomat qilib turgan barcha millat va elatlarni jipslashtirish.

«Xalq birligi» harakati Oʻzbekiston Baynalmilal madaniy markazi, milliy madaniy markazlar, respublika «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazi bilan hamkorlikda ish olib boradi, «Turkiston - umumiy uyimiz» xalqaro harakat ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Matbuot organi — «Birlik» va «Единство» gazetalari.