Oʻzbekiston Havo Yoʻllari
Oʻzbekiston Havo Yo‘llari (ingl. Uzbekistan Airways) O‘zbekiston Respublikasining 1992-yilda asos solingan davlat aviakompaniyasidir.
Mundarija |
Tarixi [tahrir]
„Oʻzbekiston havo yoʻllari“ — xalq xoʻjaligi va aholini aviatsiya xizmati (yuk, yoʻlovchi tashuvlari, maxsus aviaishlar) bilan taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi milliy aviakompaniyasidir. Aviakompaniya 1992 yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Farmoniga binoan tashkil etilgan. Ana shu vaqtdan boshlab samolyot parkini zamonaviylashtirish, yangi aerovokzallar qurish, havodagi harakatni boshqarish tizimini tubdan oʻzgartirish, aerodromlarni yangi zamonaviy texnika bilan taʼminlash, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi baza hamda menejment tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan respublika Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish davlat dasturi amalga kirdi. Oʻtkazilgan islohotlar Oʻzbekiston aviatsiya transportining xalqaro, iqtisodiy, diplomatik va madaniy aloqalarini rivojlantirishda yetakchi sohalardan biriga aylanishiga omil yaratdi.
Samolyotlar [tahrir]
2010-yil oktabr oyi maʼlumotlariga koʻra kompaniya tarkibida 69 ta samolyot mavjud.
Faoldagi samolyotlar [tahrir]
- 1 Antonov An-24RV
- 6 Antonov An-24B
- 2 Airbus A300-600F
- 2 Airbus A320-200
- 3 Airbus A310-300
- 3 Avro RJ 85
- 6 Boeing 757—200
- 5 Boeing 767-300ER
- 5 Iljuschin Il-114-100
- 4 Iljuschin Il-76TD
- 6 Jakowlew Jak-40
- 3 Tupolew Tu-154B
- 2 Tupolew Tu-154M
Nofaoliyatdagi samolyotlar [tahrir]
- 2 Antonow An-24B
- 6 Iljuschin Il-76TD
- 2 Iljuschin Il-86
- 5 Jakowlew Jak-40
- 5 Tupolew Tu-154B
Buyurtma qilingan samolyotlar [tahrir]
- 8 Airbus A320-200
- 4 Boeing 767-300ER
- 2 Boeing 787-8
- 3 Iljuschin Il-114-100
Oʻzaro kod ulashuv [tahrir]
Oʻzbekiston Havo Yo‘llari quyidagi aviakompaniyalar bilan oʻzaro kod ulashuvga kelishgan: