Aviatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aviatsiya (frans. aviation, lot. avis — qush) — havodan og‘ir uchish appa-ratlarida yer atrofidagi havo bo‘shlig‘i (atmosfera)da parvoz qilish b-n bog‘liq tushuncha. A. da samolyotlar, vertolyotlar, planerlar ishlatiladi. Shu apparatlar-dan parvoz qilish (uchish) uchun foyda-lanadigan tashkilot (xizmat) ham A. deb ataladi. A. fuqaro A va harbiy A. ga bo‘linadi. Fuqaro A. si yo‘lovchilar va yuklarni tashishda ishlatiladi. Uning transport, sanitariya xizmatiga, o‘quv-sport va maxsus ishlarga mo‘ljallangan (q.x.da, aloqada, geologiya-qidiruv ishla-rida, baliq ovlash va b.da ishlatiladi-gan) xillari bor. Yo‘lovchilar va yuklar-ni doimo tashishni taʼminlash uchun fuqaro A.si tarkibiga samolyotlar va vertolyotlar saroyi, uchishni taʼminlay-digan turli xizmatlar, aerodrom va aero-port kiradi. Harbiy A. esa quruklikdagi qo‘shinlar, harbiy-dengiz kuchlari, havo hujumidan mudofaa qilish qo‘shinlari b-n birgalikda harakat qiladi hamda mustaqil vazifalarni bajaradi.Fuqaro A. sohasida Leonardo da Vinchi havodan og‘ir apparatlarda uchish mumkinligini birinchi bo‘lib asoslash-ga urindi. U qushlarning uchishini ku-zatib, havodan og‘ir apparatlarda uchish mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi. M. V. Lomonosov jahonda bi-rinchi bo‘lib vertolyot modelini yaratdi: dvigatel vazifasini o‘tovchi prujina taʼsirida vintlar aylanganda model yuqoriga ko‘tarildi. D. I. Mendeleev hayotining oxirigacha aerodinamika va A. masalalari b-n shug‘ullandi. U 1887 y. aerostatda mustaqil uchib, 3350 m balandga ko‘tarildi. A. G. Eyfel ver-tolyot vintlarining ko‘tarish kuchini o‘rganishga oid tajribalar o‘tkazdi. A. N. Lodigin uchish apparatlariga elektr dvigatellari o‘rnatish g‘oyasini ilgari surdi. A. F. Mojayskiy bir necha samo-lyot modelini qurdi, bu modellarni si-novdan o‘tkazib, 1881 y. samolyoti uchun patent oldi. A. F. Mojayskiy o‘z samolyo-tiga quvvati 30 (kattasiniki 20 va kichi-giniki 10) o.k. ga teng bo‘lgan ikkita bug‘ dvigateli o‘rnatdi. Bu samolyot monoplan tipida bo‘lgan. 19-a. 90-y.larida rus ixtirochisi V. V. Kotov planerlarning baʼzi modellarini ishlab chiqdi. 1894 y.da K. E. Siolkovskiyning „Aeroplan“, yaʼni „qush nusxa uchish mashinasi“ de-gan asari bosilib chiqdi. Siolkovskiy bu asarida suyri shaklli monoplan loyihasini, uning uchish nazariyasi va hisobini berdi. 1892 y.da ingliz kon-struktori Filippe aeroplani bir necha sekundgina havoga ko‘tarildi. 1898 y.da muhandis Xiram Maksimning samolyoti sinab ko‘rildi, ammo bu samolyot havoga sal ko‘tarilgach, yerga quladi.Amerika prof. Lengli benzin b-n ishlaydigan, quvvati 50 o.k. ga teng mo-tor o‘rnatilgan samolyot qurdi, bu sa-molyot katapulta yordamida uchirib si-nalayotganda havoga ko‘tarildi-yu, shu zahoti ag‘darilib tushdi. Fransuz kon-struktori Kleman Ader ko‘rshapalak shaklidagi uchish apparati („Avion“)ni qurdi (1897), u 300 m uchib borib, yerga ag‘darildi. Nemis muhandisi Otto Lili-yental 1891—96 y.larda o‘zi loyihalagan planerlarda juda ko‘p marta uchdi va 1896 y. 9 avg .da 20 m balandlikdan planerda yerga qulab, halok bo‘ldi.0AQShda aka-uka Vilbur va Orvil Raytlar planerda uchishni o‘rganib olgan-laridan keyin samolyot qurdilar. Orvil Rayt bu samolyotda 1903 y. uchib ko‘rdi. Bu samolyotga quvvati 16 o.k.ga teng dviga-tel o‘rnatilgan edi. Birinchi uchishda samolyot 32 m gacha parvoz qildi, uchish 3,5 sek. davom etdi. A.ning rivojlani-shida N. Ye. Jukovskiy va S. A. Chapligin asarlari muhim rol o‘ynadi: Jukovskiy samolyot qanotlariga taʼsir qiluvchi kuchlar hisobini berdi, bir qancha qanot shakllarini yaratdi va ularni sinovdan o‘tkazish usullarini ko‘rsatdi, Chapligin katta tezliklar aerodinamikasiga asos soldi.A. 20-a. boshidan tez sur’atlar b-n rivojlana boshladi, 1908 y. uchish uzoq, ligi bo‘yicha qo‘yilgan rekord 2 soat 18 min.ni, 1912 y. 13 soat 17 min.ni, tez uchish rekordi esa 1909 y. 80 km/soatni, 1912 y. 170 km/soatni tashkil etdi. Sa-molyotda 1909 y. atigi 510 m balandda uchilgan bo‘lsa, 1913 y. 5610 m balandda uchildi. 1909 y.da fransuz konstruktor-uchuvchisi L. Blerio „Blerio-XI“ nom-li samolyotida Lamansh bo‘g‘ozi orqali Fransiyadan Angliyaga uchib o‘tdi. Shu yili bir qancha mamlakatlarda dastlabki A. zavodlari qurildi. Akad. B. N. Yurev 1910 y. bir vintli vertolyot loyihasini tuzdi va shu loyiha asosida vertolyot qurdi (1912). Moskvada tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazmada vertolyot uchun Yurev oltin medal b-n mukofotlandi.Rus muhandisi Ya. M. Gakkel 1910 y. qo‘sh qanotli samolyot qurdi. 1911 y. ko‘p yuk ko‘tara oladigan va uzoq, ma-sofaga qo‘nmay ucha oladigan samolyot loyihalanib, sinab ko‘rildi. Shu yili rus ixtirochisi I. I. Sikorskiy 4 mo-torli „Ilya Muromes“ samolyotini qurdi. 1914 y. AQShda „Kertiss“ sa-molyoti, 1915 y. Germaniyada „Simens Shukker“ samolyoti qurildi. 1914 y. rus konstruktori V. A. Slesaryov „Svyato-gor“ samolyoti loyihasini tuzdi, bu sa-molyot ikki motorli, qo‘sh qanotli edi. Rus konstruktori D. P. Grigorovichning M-5 (1915) va M-9 (1916) markali uchar qayiqlari o‘sha davrda eng yaxshi gidro-samolyot hisoblangan. A. texnikasining rivojlanishi b-n bir qatorda dunyo olimlari aerodinamika va samolyotning mustahkamligi sohasida nazariy izla-nishlar va tajribalar o‘tkazdilar, samo-lyot va havo vinti nazariyasi, samolyotlar-ning tezligi va uchish balandligi ustida ishladilar.20-y.lar boshlarida A. sanoati-da metall konstruksiyali samolyotlar qurilishi tez rivojlana boshladi. A. N. Tupolev 1923 y. ANT-1, so‘ngra ikki o‘rinli ANT-2 samolyotini yaratdi. Tupo-lev rahbarligida loyihalangan ANT-3 („Proletariy“) samolyotida 1926 y. uchuv-chi M. M. Gromov Yevropani aylanib uchib o‘tdi. Amerikaning „Rayan“ firmasida tayerlangan samoletda 1927 y.da uchuv-chi Ch. Lindberg birinchi marta AQShdan Atlantika okeani orqali Yevropaga uchib o‘tdi. 1928 y.da „Bremen“ W-33 (Germa-niya) samolyotida birinchi marta Yevro-padan Atlantika okeani orqali Shimo-liy Amerikaga uchib o‘tdi. Amerikaning „Duglas“ firmasi tayyorlagan DS-3 va S-47 samolyotlaridan ko‘p yillar davo-mida dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida foydalanildi. Tupolev rahbarligida loyihalangan ANT-4 (TB-1) samolyoti-da 1929 y. uchuvchi S. A. Shestakov Mo-skvadan ko‘tarilib, Sibir, Tinch okean orqali 20000 km parvoz qilib, Nyu-Yorkka qo‘ndi. 1928 y. ANT-9, keyin ANT-25 (RD) samolyotlari yaratildi. 1937 y. 18—20 iyunda uchuvchilar V. P. Chkalov, G. F. Baydukov va shturman A. B. Belyakovlar ANT-25 samolyotida Moskva—Shimoliy qutb—Vankuver (AQSh) marshruti boʻyicha 8504 km masofani 63 soatu 16 min.da qoʻnmay uchib oʻtishdi. 30-y.lardan boshlab biplanlan monoplanga oʻtildi. Bu esa aerodinamika, qurilish mexanikasi va dvigatel qurilishidagi yutuqlarga bogʻliq edi. Mustahkamlikka hisoblashning aniq usullari yaratildi. Samolyotlar gʻildiraklarini tormozlashni ishlab chiqish hamda qanotni mexanizatsiyalash qanotlarga tushadigan kuchlarni oshirishga imkon berdi va shu b-n chish tezligi oshirildi. 1915 y.da „Fokker“ (Germaniya) samolyoti uchish tezligi 150 km/soat, uchish balandligi 5000 m boʻlgan boʻlsa, 1920 y.da bu koʻrsatkich „Fokker“ D-VII, „Fokker“ D-VIII (Germaniya), „Balilla“ A-1, „Ansaldo“ SVA-10 (Italiya) da 200 km/soat, 7000 m ga, 1940 y.da esa Xauker „Xarrikeyn“, „Spit-fayer“, Mk-1 (Angliya), „Brusten“ F2A-1, „Kertiss“ R-36A, „Boum“ V-150 (AQSh) samolyotlarida 660 km/soat, 12000 m ga etdi. Shu bilan birga samolyotlarning uchish uzoqligi ham ortib bordi. 1915 y.da bu koʻrsatkich 400 km boʻlgan boʻlsa, 1940 y.ga kelib 4000 km ga etdi. Seriyalab ishlab chiqariladigan dvigatellarning quvvati 700 o. k.dan 2000 o. k.gacha etkazildi. Rossiya, Angliya, Germaniya, Italiya va AQShda reaktiv dvigatel yaratish borasida qizgʻin ish olib borildi. 1943—50-y.larda Angliyaning De Xevillend va Komitem Brabazen aviatsiya firmasi 40 yoʻlovchiga moʻljallangan „Komet-1“ reaktiv samolyotini ishlab chiqdi va sinovdan oʻtkazdi. Uning uchish tezligi 800 km/soat, uchish balandligi 12 km, uchish uzoqligi 1650 km. 1952 y.da uning „Komet-2“, „Komet-ZV“ va „Komet-4“ zamonaviylashtirilgan modellari ishlab chiqarila boshlandi. 1955 y. A. N. Tupolev rahbarligida TU-104 reaktiv samolyoti qurildi. Bu samolyot soatiga 800 km tezlik b-n 8000—10000 m balandlikda 3000 km masofani qoʻnmay uchib oʻta olgan. 1958 y.da AQSh da birinchi „Boing-707-120“ reaktiv samolyoti qurildi. 120 yoʻlovchiga moʻljallangan bu samolyotning uchish tezligi 845 km/soat, uchish balandligi 11 km, uchish uzoqligi 6000 km. 1959 y.da Fransiyada „Karavella“ samolyoti qurildi. Reaktiv yoʻlovchi samolyotlarning tejamsizligi tufayli turbovintli dvigatel (TVD) oʻrnatilgan samolyotlar ishlab chiqarishga oʻtildi. 1952 y.da ingliz konstruktorlari ana shunday konstruksiyali „Bristol-175“ („Britaniya“) samolyotini yaratdilar (63—79 oʻrindiqli, toʻrt dvigatelli, uchish tezligi 570 km/soat, uchish uzoqligi 8600 km boʻlgan). 1957 y. turbovintli IL-18 samolyoti qurildi. 1956 y. O. K. Antonov rahbarligida 2 ta turbovintli dvigatel oʻrnatilgan 40 oʻrinli AN-24 samolyoti, shundan keyin 4 ta turbovintli dvigatel oʻrnatilgan 84 oʻrinli AN-10 samolyoti qurildi. Keyinchalik 1959 y.da „Elektra“ (AQSh) samolyoti ishlab chikarila boshlandi. Soʻngra S. V. Ilyushinning 186 oʻrinli IL-62 yoʻlovchi samolyoti, 350 oʻrinli IL-86 aerobusi yaratildi. Rus ixtirochisi I. P. Bratuxin ikkita dvigatel oʻrnatilgan „Omega“ vertolyotini va ikki motorli B-11 vertolyotini kurdi. 1961 y. turbovintli V-2 hamda V-8, V-12 vertolyotlari qurildi. 1966 y.da Fransiya, Germaniya, Angliya, Niderlandiya va Ispaniyadagi aviatsiya firmalari birgalikda Yevropada yangi Eyrbas Indastri konsernini tuzdi. Shu yili AKSh dagi Lokxid, Boing , Duglas firmalari va Eyrbas Indastri konserni keng fyuzelyajli samolyotlar — aerobuslar yaratishga kirishdi. Shundan soʻng AQSh dagi firmalar L-1011 „Trister“, „Boing-747“ va DC-10 aerobuslarini, Eyrbas Indastri konserni esa A-300 samolyotlari ni koʻplab ishlab chiqara boshladi. 500 yoʻlovchiga moʻljallangan „Boing-747“ samolyotining uchish tezligi 935 km/soat, uchish uzoqligi 10000 km dan ortiq. Keyingi yillarda bu samolyotning bir necha zamonaviylashtirilgan modellari ishlab chiqarildi: 500 yoʻlovchiga moʻljallangan „Boing-747-100“, 516 yoʻlovchiga moʻljallangan „Boing-747-200V“, 670 yoʻlovchiga moʻljallangan „Boing-747SR“ va b. A-300 samolyotlari 280—345 yoʻlovchiga moʻljallangan ikki dvigatelli, uchish tezligi 917 km/soat, uchish uzoqligi 2600—3900 km. 1983 y.da bu samolyotning keyingi avlodlaridan A-300—600 ucha boshladi. Keyinchalik „Boing-747“ aerobusi b-n raqobatlashadigan A-310, A-320, A-330, A-321, A-340 va b. ishlab chiqarildi. Koʻp mamlakatlarda 1960 y. oxiridan boshlab tovushdan tezuchar samolyotlar yaratish ustida qizgʻin ish olib borilmoqda. Rossiyada Tu-144, Angliya va Fransiyada „Konkord“, samolyotlari yaratildi. Bular soatiga 2500—3000 km tezlik b-n bir necha ming km masofaga qoʻnmay ucha oladi. Harbiy samolyotlar 30 km balandlikda 10000 km masofaga qoʻnmay uchadi. Harbiy A. Qadimda Xitoy va b. baʼzi mamlakatlarda harbiy maqsadlarda varrakdan foydalanilgan. Harbiy A. har qaysi mamlakatda turli vaqtlarda paydo boʻlgan. 1910 y. Fransiyada birinchi marta samolyotlar manyovrda ishtirok etib, razvedka vazifalarini bajardi. 1911 — 12 y.larda Tripolitaniya jangida (Italiya b-n Turkiya oʻrtasida boʻlgan urushda) harbiy A. birinchi sinovdan oʻtdi. 1913 y. Bolqon urushida ham A. dan foydala- nildi. 1913 y. „Ilya Muromes“ samolyotiga 4 ta pulemyot va bomba tashlash uchun maxsus asboblar oʻrnatildi. Oʻsha yili bomba tashlash tajribasi asosida yangi aeroballistika faniga asos solindi. 1-jahon urushi boshlanganida Rossiyaning harbiy aviatsiyasida 263 ta, Germaniyada 232 ta, Fransiyada 156 ta, Avstriya-Vengriyada 65 ta, Angliyada 30 ta, AQSh da 30 ta, Italiyada 30 ta samolyot boʻlgan. l-jahon urushi paytida qiruvchi samolyotlar yaratildi. Qiruvchi samoletlarning uchish tezligi razvedka samolyotlarinikidan yuqori boʻlgan. 1915 y. maxsus bombardimonchi samolyotlar ixtiro qilinadi. Xuddi oʻsha paytlarda dengiz samolyotlari ham paydo boʻldi, ular dengizda razvedka qilish, dushman kemalariga, obʼektlarga bomba tashlash vazifasini bajardi. Oʻz ustida 5—7 ta samolyotni olib yura oladigan avianoseslar paydo boʻldi. 1-jahon urushidan keyin A. alohida va mustaqil qoʻshin turi boʻlib qoldi. 1-va 2-jahon urushlari oʻrtasida A. sohasida katta siljish boʻldi. 1920 y. Rossiyada quvvati 200 o.k.ga teng dvigatelli samolyot ishlab chiqarildi. 30-y.lar boshida A. N. Tupolev TB-1 hamda TB-3 markali ogʻir bombardimonchi samolyotlarni, 1935 y. uzun qanotli bir motorli TsAGI-25 samolyotini yaratdi. Bu samolyotda Moskvadan Shim. qutb orqali Amerikaga qoʻnmasdan uchib oʻtildi. S. V. Ilyushin ikki motorli bombardimonchi RB-3 samolyotini, A. S. Yakovlev eng yengil va tez uchadigan qiruvchi YaK-1 samolyotini yaratdi. Urush yillarida Yakovlev yana boshqa koʻplab qiruvchi samolyotlarni ixtiro qildi. 1940 y. A. I. Mikoyan b-n N. G. Gurevich 7—8 km balandlikda 600 km tezlik b-n uchadigan MIG-3 samolyo- tini ishlab chiqdilar. V. M. Petlyakov uzoqqa ucha oladigan bombardimonchi samolyot yaratdi. 2-jahon urushida Angliyada „Tayfun“, „Moskito“, „Lankester“, „Galifaks“ nomli yangi bombardimonchi samolyotlar ishlab chiqara boshlandi, AQSh da toʻrt motorli, oʻta tezuchar qalʼa B-29, „Eyrkobra“, „Boing-17“ bombardimonchi samolyotlari yaratildi. 1940—42 y.larda birinchi reaktiv dvigatelli samolyot „Kompini-Kaproni“, KK-1, KK-2 (Italiya), „Gloster“ (Angliya), „Erkomet“ (AQSh)lar uchdi. 1942 y.da turboreaktiv dvigatelli Me-262, Me-263 (Germaniya), „Meteor“ (Angliya) samolyotlari ishlab chiqarila boshlandi. 1945 y.da „Gloster Meteor-VI“ samolyotida uchish tezligi boʻyicha jahon rekordi oʻrnatildi (969,9 km/soat), 1947—48 y.larda sobiq Ittifoqda La-15 va MiG15 reaktiv samolyotlari, YaK-23 reaktivqiruvchi, IL-28 va Tu-14 bombardimonchi samolyotlar yaratildi. 50—60-y.larda aerodinamika fanidagi yutuqlar, yuqori quvvatli dvigatellarning yaratilishi „tovush tezligi“dan tez uchadigan samolyotlarni yaratishga imkon berdi. Ular boshqariladigan raketalar b-n qurollantirildi. Yadro quroli va turli raketalar b-n qurollangan qiruvchi samolyotlar, razvedkachi, bombardimonchi, transport samolyotlari reaktiv hamda turbovintli motorlar b-n taʼminlandi. 80—90-y.larda Mig , Yak, Su markali samoletlarning turli zamonaviylashtirilgan modellari, AQShda „Fantom“ F-4, F-111, SR-71, Fransiyada „Miraj III“, „Miraj-IV“, Angliyada „Xarrier“ samolyotlari ishlab chiqarila boshlandi. Qurolli kuchlar ixtiyorida boʻlgan A. oʻz vazifasiga koʻra jangovar harbiy dengiz, havo hujumiga qarshi mudofaa hamda transport A.lariga, harbiy samolyotlar oʻz taktik-texnik koʻrsatkichlari jihatidan ogʻir strategik, oʻrta strategik, engil taktik bombardimonchi, qiruvchi, razvedkachi, havoda samoletlarning benzin olishiga imkon beradigan samolyotlar va transport samolyotlariga boʻlinadi. Oʻzbekiston ham samolyotsozlik rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda samolyotlar ishlab chiqarish 40-y.lar boshiga toʻgʻri keladi. 1941 y. Ximki sh. (Moskva viloyati)dan Toshkentga koʻchirib keltirilgan V. P. Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi negizida barpo qilingan Toshkent aviatsiya zavodi (1996 y.dan „Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi“ davlat aksiyadorlik jamiyati)da dastlab jangovar samolyotlar tayyorlangan. Urushdan keyingi yillarda IL-14, 1958 y.dan transport samolyotlari AN-10, AN-8, AN-12, 1966 y.dan AN-22 „Antey“ samolyotlari, 1973 y.da 40 t yuk koʻtaradigan birinchi superlayner Il-76 ishlab chiqarildi. Il-76 samo-lyotning uchish tezligi 850 km/soat, uchish balandligi 12,1 km, uchish uzoqligi 8 ming km. 90-y.larda zavodning asosiy mahsuloti IL-76 MF transport samolyotlari boʻldi. 1992 y.da birlashma oʻzining birinchi yangi Il-114 samolyotini qurdi. 1995 y. bu samolyot Jukovskiy sh.da oʻtkazilgan koʻrgazmaga qoʻyildi. 1997 y.da avg .da Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasining Aviaregistri tomonidan Il-114 samolyotiga uchishga yaroqli degan sertifikat berildi. Bu samolyot (64 oʻrinli, ikki dvigatelli) S. V. Ilyushin nomidagi konstruktorlik byurosida yaratilgan boʻlib, ekologik jihatdan toza, shovqinsiz, tejamli, qulayligi b-n ajralib turadi; engil boshqariladi, betonli va gruntli yoʻlkadan uchib chiqadi va qoʻnadi. Uning maksimal tezligi 530 km/soat, uchish balandligi 7800 m, uchish uzoqligi 1000 km. Dvigateli Rossiya va Kanada mamlakatlarida ishlab chiqariladi. 1997 y.da S. Ilyushin nomidagi aviatsiya kompaniyasi (Rossiya) Il-114 samolyotini i. ch. va Il-76 MF samolyotini taʼmirlash huquqini beradigan xalqaro sertifikatlarni Toshkent aviasozlariga topshirdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Vinogradov R. I., Ponomarev A. N., Razvitie samolyotov mira, M., 1991
  • Ruzmetov A. G., Krilya nezavisimogo Uzbekistana, T., 1999.