Nunavut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nunavut — Kanadadagi maʼmuriy qudud. Mamlakatning shim.-sharqiy qismi va atrofdagi orollarni oʻz ichiga oladi. Mayd. 2,0 mln.km2. Maʼmuriy markazi — Ikaluit sh. Aholisi 28,1 ming kishi (2002).

N. 1999 y. 1 aprelda Shim.-Gʻarbiy hududlarning bir qismidan ajratib olingan yerlardan tashkil etilgan. N. maydoni Kanada hududining 25% ni tashkil qiladi. Hududning 85% axoliyey Arktikaning tub axrlisi — kana-dalik eskimoslar, yaʼni inuitlardan iborat. Ularning tilida "nunavut" — "bizning yer" degan maʼnoni anglatadi.

Foydali qazilma, shu jumladan, razvedka qilinmagan konlarga boy. Materik sayozligida neft va tabiiy gaz konlari, Baffin Yerida polimetall rudalar, mis-nikel va temir rudalari, nodir yer elementlari va h.k. bor. Biroq transport alokasi yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli ulardan toʻliq foydalanilmaydi. Xoʻjaligida yetakchi tarmoq — konchilik, quruklik va dengiz hayvonlarini ovlash; qisman baliq ham ovlanadi. Oziq-ovqat (xususan, konserva qilish) sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda tosh oʻymakorligi, haykaltaroshlik, grafika rivojlangan, anʼanaviy es-dalik buyumlari tayyorlanadi. Turizm rivojlanganligi sababli aholining koʻp qismi xizmat koʻrsatish sohasida band. N.da 28 turar joy (qishloq) bor. Faqat Ikaluit (avvalgi Frobisher-Bey) shahar maqomiga ega. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil