Notre Dame Sobori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Notre Dame Soborining kechki koʻrinishi

Notre Dame Sobori(Fransuzcha: Cathedrale Notre Dame de Paris) Fransiya - Parijdagi juda taniqli bir sobordir. Bu sobor, Maryam onaga bagʻishlanib qurilgan. Sobor, La Cite orolining sharqiy qismida boʻlib, Parijning qolgan butun tanilgan binolari kabi Seine irmogʻining qiʻrgʻogʻida joylashgan. Kirish qismi gʻarbga qaraydi.

Fransuz gotik memoriy asarlarining, eng chiroylilaridan deb bilingan Notre Dame sobori, birinchi gotik soborlardan biridir. Haykallarning va naqshlar bilan bezalgan oynalarning, oʻrta asrlardagi Rim memoriy uslubidan soʻng koʻp ishlatilmagan boʻlishi, naturalizm oqimining asarlaridagi ogʻir taʼsiri sabablidir. Notre Dame sobori, eng turistlar bilan gavjum yerlardan biri boʻlgani bilan barobar, hali ham bir Rim Katolik sobori boʻlib ishlatilmoqdadir.

Boʻlimlari[tahrir]

Sobor binosining gʻarbiy qismi
Atirgul derazasi

Binoning gʻarbiy qismi[tahrir]

Binoning gʻarbiy qismi, eng muhim qismlaridan biridir. U yer uch qismga ayrilgan boʻlib eng muhim yerlari quyidagilardan iborat:

  • Emmanuel Qoʻngʻirogʻi: Janubiy minorada, soborning eng taniqli qoʻngʻirogʻi "Emmanuel" mavjud, 1631-yilda yasalgan bu qoʻngʻiroq Soborning eng eski jismlaridan biri hisoblanadi.
  • Galerie des Chimeres: Galerie des Chimeres yoki Katta Himera Galereyasi, ikki minorani birlashtirgan va soborning afsonaviy himeralari joylashgan yerdir.
  • Atirgul Derazasi: Gʻarbiy Atirgul Derazasi 10 metrga yaqin. Naqshlar bilan bezalgan derazaning bir qancha qismi XIII asrda qurilgan. Toʻgʻrisida quchogʻida chaqaloq Iso bilan birgalikta, Maryam onaning haykali mavjud.
  • Qirollar Galereyasi:Qirollar galereyasi, Isroilning 24 yahudiy qirollarining haykallaridan tashkil topgan yoʻlakdir.

Maryam Ona Haykali[tahrir]

Soborda Parijning bokirasi deb tanilgan Maryam Ona Haykali mavjuddir. Bu haykal boylar davrida shaxarning gʻururi va iqtisodiy ozodlikning bir siymosi deb bilgan tijoratchilar tarafidan qurilgan. Haykal muqaddasligidan ham ko'proq, koʻrinishi va qimmatbaho bezaklari bilan diqqat tortar edi.

Shimoliy va Janubiy Atirgul derazalari[tahrir]

Atirgul derazalar (rose window) cherkov va soborlarda boʻladigan, koʻpincha dumaloq shakldagi derazalardir. Rangli oynalar, naqshlar va rasmlar bilan bezatilgan derazalarning romlari ham oʻymakorlik sanʼatini eng chiroyli namunalarini oʻzida mujassam qiladi.

Notre Dame soborining 2 tarafida mavjud boʻlgan bu derazalar ham gotik tarzda boʻlib, 1250-1260 yillari orasida yasalgan. Bu derazalar, soborning sanoqli rangli oynadan yasalgan derazalari boʻlgani tufayli diqqatlarni oʻziga jalb qiladi. Bu derazalar, hozirgi kungacha Yevropaning eng muhim va goʻzal asarlaridan hisoblanadi.

Sobor bilan aloqador baʼzi raqamlar[tahrir]

  • Janubiy minoradagi Emmanuel qoʻngʻirogʻi 13 tonnadan iborat. Qoʻngʻiroqning tilini oʻzi 500 kgni tashkil giladi
  • 1631-yilda Emmanuel boshqattan qurilayotganda, shaxarning ayollari eritilayotgan metalning ichiga oʻzlarini qimmatbaho taqinchoqlarini tashlaganlari uchun, Emmanuelning rangi hozirgacha porloqligini saqlab qolgan degan rivoyat bor.
  • Soborning ona qubbasini oʻzi 34 metrni tashkil qiladi.

Qurilishi[tahrir]

1160-yil Parij sobori "Yevropa qirollarining cherkovi" boʻlganidan so'ng yepiskop Maurice de Sully tarafidan "Bu vazifa uchun yetarsiz" deyildi va "Parij yepiskopi" unvoniga sazovor boʻlgandan soʻng Sully soborini buzdirdi. Afsonaga ko'ra Sully, yangi va koʻrkam cherkovni hayolida koʻrib soʻngra koʻrganlarini chizgan. Bu cherkovning qurilishi uchun esa birqancha uylarni buzdirgan va qurilish mollari uchun yangi bir yoʻl ham ochtirgan.

1163-yilda Qirol Louis VII ning hukmronlik qilgan davrida, inshoatni qurilishini Maurice de Sullymi yoki Papa Alexander IIImi boshlatgan degan tortishuv boʻlib oʻtgan. Ammo shuni taʼkidlab oʻtish kerak-ki, yepiskop Sully umrining katta qismini va pulini soborning inshoati uchun ishlatgan.

Notre Damening himera haykallaridan biri

Soborning gʻarbiy qismini va 2 katta qulasining qurilishi 1200-yillar atrofida boshlandi. Qurilishda ko'p me'morlar qatnashdi, soborning farqli va har xil chiroydagi tarzlarni oʻzida mujassam qilishining sababi ham bu. 1210-1220-yillari orasida qulalar qurib boʻlindi. Soborning ohirigacha qurilib bo'lishi esa 1345-yilgacha davom etgan.

Yillar davomida cherkovga birmuncha organ olib kelinishiga qaramay, hech qaysi biri binoning qurilish shakliga mos kelmadi. Ilk mos organ Cliquot tarafidan 1700-yillar atrofida yasaldi. Cliquot asarlarining birqanchasi bugungacha saqlanib kelmoqda, ammo organ XIX asrda Aristide Cavallie-Coll tarafidan yangidan yasaldi. Oʻsha vaqtlarda u lavozimga undan boshqa koʻp kishi loyiq boʻlishiga qaramay (misol: Cherkov organini yangidan qurgan Cavallie-Coll) Notre Damening pianisti shaxarning eng tanilgan kishisiga aylangan edi. Bu borada XVIII asrda juda katta raqobat boʻlib oʻtgan, u raqobatda 4 pianistga unvon berilgan edi, 4 pianist bir yil boʻyicha cherkovning pianistligini qilganlar, bu esa juda katta unvon edi. Keyinchalik 1900-1937-yillari orasida Louis Vierne cherkovning eng taniqli pianistiga aylangan. Jumladan, Pierre Cochereau, Cavaille-Coll kabi cherkovning organistlari ham shaxarning juda taniqlilaridan boʻlganlar.

Qurilish sana jadvali[tahrir]

  • 1160-yilda Yepiskop Maurice de Sully (Parij Yepiskopi) soborning buzilishini amr qiladi.
  • 1163-yilda Qurilish boshlanadi.
  • 1182-yilda Apse va Koro boʻlimlari tamomlanadi
  • 1196-yilda Nave (bir cherkovning oʻrta boʻlimi) bitiriladi va yepiskop Maurice de Sully vafot etadi.
  • 1200-yilda Sharqiy qismining qurilishi boshlatiladi.
  • 1225-yilda Sharqiy qismining qurilishi tamomlanadi.
  • 1250-yilda Sharqiy qulalarning va shimoliy atirgul derazasi tamomlanadi.
  • 1250-1345-yilda Qolgan qismlar qurilib tamomlanadi.

Victor Hugo va Notre Dame[tahrir]

XIX asrning boshlarida Parij shaxar planlashtiruvchilari, soborning boquvsizligi tufayli uni buzishmoqchi boʻlgan. Fransuz yozuvchisi Victor Hugo esa halqni taʼsirlash uchun "Notr Dam Bukri" degan asar yozgan. Asar, soborning buzilmasligida katta rol oʻynagan.

Galereya[tahrir]

Havolalar[tahrir]

Rasmiy sayt