Norboy Beknazov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Norboy Beknazov
Tavalludi 1934-yil
Jizzax, O'zbekiston
Fuqaroligi  UZB
Millati O'zbek
Sohasi Professor, iqtisod, iqtisod fanlari nomzodi

Beknazov Norboy – (1934-yilda Jizzax viloyati, Jizzax tumanida tug‘ilgan) iqtisod fanlari nomzodi, professor.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Norboy Beknazov 1934-yilda Jizzax viloyati Jizzax tumani Robot qishlog‘ida tavallud topgan. 1949-1953-yillarda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1953-1958-yillarda Toshkent davlat universitetining Tarix fakultetida tahsil olgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1958-1959-yillarda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi 24 – sonli o‘rta maktabda o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan. 1959-1970-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining iqtisod institutida kichik va katta ilmiy xodim vazifasida ishlagan. 1970-1973-yillarda Toshkent davlat universitetida tarix fakulteti, Siyosiy-iqtisod kafedrasi katta o‘qituvchisi; 1974-1975-yillarda shu kafedraning dotsenti; 1988-199-yillarda Ijtimoiy fakultetlar Siyosiy-iqtisod kafedrasi mudiri; 1993-1996-yillarda mazkur kafedra professori; 1996-yildan to umrining oxirigacha Toshkent davlat yuridik instituti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1967-yili Nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan; 1973-yili Dotsentlik darajasiga ega bo‘lgan; 1989-yili Professorlik unvonini olgan; 1996-yili ToshDU mohir pedagog tanlovi g‘olibi. Ijtimoiy hayotdagi faolligi 1970-2003-yillar mobaynidaa „Olimlar“ mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professor Beknazov muallifligida 120 dan ortiq ilmiy maqola, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan. Ularning 5 tasi monografiya, 2 tasi iqtisodiyot nazariyasiga oid darslik va 3 tasi o‘quv qo‘llanmalardir.