Nongmaithem Ratanbala Devi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nongmaithem Ratanbala Devi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nongmaithem Ratanbala Devi
Tavallud sanasi 2-dekabr 1999-yil (1999-12-02) (24 yosh)[1]
Tavallud joyi Manipur, Hindiston Hindiston
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gokulam Kerala
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017–2018 KRYPHSA F.C. 6 (7)
2019–2022 Sethu FC 7 (7)
2022– Gokulam Kerala 10 (3)
Milliy terma jamoa
2014 India U19
2017– India 31 (14)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 23-may uchun)

Nongmaithem Ratanbala Devi (1999-yil 2-dekabrda tugʻilgan) — Hindistonning Manipur shahridan kelib chiqqan futbolchi.[1] U Hindiston ayollar ligasida Gokulam Kerala va Hindiston ayollar milliy futbol jamoasida o'ynaydi. U 2018-yilgi OFK kubogi saralash bosqichidagi debyut xalqaro o'yinini o'tkazdi.[2]

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ratanbala 2018-yilgi ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogi saralash bosqichida milliy terma jamoaga chaqirilgan va u yerda 2017-yil 11-aprel kuni Gonkong darvozasiga birinchi golini urgan. Keyin u Hindiston ayollar terma jamoasining doimiy a'zosi bo'ldi. Uning ikkinchi goli 2018-yil 13-noyabr kuni 2020-yilning OFK ayollar olimpiya saralashining 1-raundida Myanma darvozasiga urilgan edi. Keyin 2019-yil 21-yanvarda Gonkongga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida yana bitta gol urdi va 2019-yil 27-yanvarda Indoneziyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u terma jamoadagi ilk xettrikini qayd etdi.[3][4] Keyin 2019-yilgi Oltin kubokda u 2019-yil 11-fevralda Nepal darvozasiga yana bir gol urdi. 2019-yil SAFF ayollar chempionatida u 2 ta gol urdi, 13-mart kuni Maldiv orollari darvozasiga 1 ta, 17-mart kuni Shri-Lankaga qarshi oʻyinda yana bitta gol urdi. 2020-yilda OFK ayollar olimpiadasi saralash bosqichining 2-raundida u 2019-yil 9-aprel kuni Myanmaga qarshi qiziqarli hodisalarga boy jangda 3:3 oʻyinida 1 ta gol urdi. Afsuski, Hindiston toʻplar nisbatiga koʻra 2020-yilgi ayollar Olimpiya oʻyinlari saralashining 3-raundiga yoʻllanma olmadi.[5]

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 10-aprel holatiga
Xalqaro ishtirok va gollar
Yillar Isht. Gol
2017 3 1
2018 3 1
2019 17 8
Jami 23 10

Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2019-yil 13-mart Sahid Rangsala, Biratnagar, Nepal Nepal Maldiv orollari Maldiv orollari 5 – 0 6–0 2019-yilgi SAFF ayollar chempionati
2. 2019-yil 17-mart Shri Lanka Shri-Lanka 5 – 0 5–0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston
  • SAFF ayollar chempionati: 2019
  • Janubiy Osiyo o'yinlari oltin medali: 2019

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sethu FC
  • Hindiston ayollar ligasi: 2018–19
Gokulam Kerala
  • Hindiston ayollar ligasi : 2021–22

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Ratanbala Devi profile by AIFF“. AIFF.
  2. „Welcome to All India Football Federation“. www.the-aiff.com. Qaraldi: 2018-yil 18-noyabr.
  3. „RATANBALA DEVI'S HATTRICK LEADS INDIA TO 3-0 WIN OVER INDONESIA“. www.the-aiff.com. Qaraldi: 2019-yil 4-aprel.
  4. Sportstar. „Football: Ratanbala Devi's hat-trick leads India women to comfortable win“ (en). Sportstar. Qaraldi: 2019-yil 10-aprel.
  5. „INDIAN WOMEN HELD BY MYANMAR, BOW OUT ON GOAL DIFFERENCE“. www.the-aiff.com. Qaraldi: 2019-yil 10-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]