Nodir Normatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nodir Normatov — Oʻzbekistonlik ijodkor. 1950-yilning 24-dekabrida Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi Poshxurd qishlogʻida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan (1967-1972). „Bisot“ (1982), „Jazo“ (1985) hamda „Jarlikdan qushlar uchdi“ kabi asarlar muallifi[1].

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor yordamchisi, muharrir, diafilmlar boʻlimi bosh muharriri(1972-1974).
  • „Saodat“ jurnalida (1974-1979), „Sovet Oʻzbekistoni“ jurnalida (1979-1983), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasida (1983-1989) , Oʻzbekiston Madaniyat fondida (1989-1991) turli lavozimlarda xizmat qilgan.
  • 1997-yildan eʼtiboran Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasida bosh mutaxassis, Xalqaro Aloqalar markazida tijorat direktori, 1998-yildan boshlab „Sanʼat“ jurnalining bosh muharrir oʻrinbosari, 2000-yildan bosh muharrir vazifalarida xizmat qildi. 2009-yildan Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Axborot va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijodkor Nodir Normatovning „Koʻhi tang hikoyalari“ (1977-yil), „Bisot“ (1982), „Jazo“ (1985), „Jarlikdan qushlar uchdi“ (1986), „Ismoil togʻaning tarozisi“ (1987), „Daraxt tagidagi odam“ (1988), „Barigal“, „Roʻzi Choriyevning soʻnggi vasiyati“, „Kamalak yashaydigan uy“, „Zulayxo daraxti“(2016) kabi goʻzal va betakror asarlari mavjud.

Tarjima qilingan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoir ijodining maftunkorligi va oʻziga tortishi chet ellik tarjimonlarni Nodir Normatov sheʼrlarini tarjima qilishga undab kelmoqda. Jumladan, „Kumush yongʻoqlar“, „Jazo“, „Ismoil toganing tarozisi“ qissalari va bir qator hikoyalari Sankt — Peterburglik yozuvchi Ganna Nemirko tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, „Golubiye orexi“ (1990) nomida chop etilgan[2].

Tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nodir Normatov ham tarjima sohasida sezilarli ishlar amalga oshirgan. Xususan, Suriya yodgorliklaridan „Pandnoma“ (G.Normatova hamkorligida), K.Paustovskiyning „Isaak Levitan“ qissasi, A.Nesinning „Lomakon“ pyesalarini mahorat bilan tarjima qilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozuvchi badiiy ijoddagi yutuqlari uchun 2010-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlandi[3]. [4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]