Toshkent davlat pedagogika universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
(TDPU)
Asos solingan 1935-yil 14-sentyabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev
Fakultetlar 14
Manzili Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko`chasi 27
Vebsayti  tdpu.uz

Koordinatalari: 41°16′23.026800000002″N 69°12′17.737199999992″E / 41.27306300000000050°N 69.20492699999999786°E / 41.27306300000000050; 69.20492699999999786 G O

Toshkent pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti — malakali pedagog va muhandispedagog kadrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurti. 1935-yil 14-sentabrda Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakulteta negizida pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan[1][2]. 1961-yilda institutga V. G. Belinskiy nomidagi Toshkent kechki pedagogika instituti biriktirilgan[3]. 1953—1998-yillarda Toshkent pedagogika instituti deb nomlangan. 1998-yil 24-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan unga universitet maqomi berilgan. 1947-yildan ozarbayjon shoiri va maʼrifatparvari Nizomiy nomi bilan atala boshlandi.

Umumiy maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda universitetning umumiy maydoni 223 505 m²., xususan, yashil maydoni 97 606 m² ni tashkil etadi. Universitetda 14 ta fakultet (matematika, fizika, tabiiy fanlar, musiqiy taʼlim, badiiygrafika, pedagogika va psixologiya, boshlangʻich taʼlim va defektologiya, oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, chet tillar, rus va koreys filologiyasi, chaqiriqqacha harbiy taʼlim, kasb taʼlimi), shuningdek, magistrlar tayyorlash boʻyicha 2 ta fakultet (ijtimoiygumanitar fanlar mutaxassisliklari, tabiiy fanlar mutaxassisliklari), malaka oshirish va mutaxassislarni qayta tayyorlash boʻyicha 2 ta fakultet (malaka oshirish, amaliy psixologlarni qayta tayyorlash), 52 ta kafedra, axborot texnologiyalari va masofadan oʻqitish, innovatsion texnologiyalar, akademik litseylar va kasbhunar kollejlari bilan aloqa markazlari, taʼlim jarayonini taʼminlash va oliy taʼlim muassasalariga ilmiy-metodik yordam koʻrsatish oʻquv boʻlimi, pedagogik amaliyot, oliy oʻquv yurtlararo oʻquvmetodik boʻlim, monitoring va ichki nazorat kabi 18 ta boʻlim bor. Universitet kutubxonasida 900 mingga yaqin asar saqlanadi. Unda matematika va informatika, fizika va astronomiya, kimyo va ekologiya, biologiya va inson hayot faoliyati muhofazasi, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi, pedegogika va psixologiya, kasb taʼlimi, musiqiy taʼlim, oʻzbek tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti (rus, qozoq, koreys), chaqiriqqacha harbiy taʼlim, xorijiy tillar va adabiyot, milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ish, maktabgacha taʼlim va bolalar sporti, defektologiya, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, mehnat taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar hamda shu yoʻnalishlarga kirgan 37 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. Universitetda aspirantura va doktorantura hamda nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi himoyasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. 20032004-oʻquv yili universitetda 13269 talaba taʼlim oldi, 779 oʻqituvchi, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 3 haqiqiy aʼzosi, 40 fan doktori va professor, 450 fan nomzodi va dotsent faoliyat olib bordi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikada pedagog kadrlar tayyorlovchi barcha oliy taʼlim muassasalari uchun tayanch oliy maktab hisoblanadi. Universitet faoliyati III TUT. Abdullayev, M. Asqarova, M. G. Davletshin, N. M. Mallayev, R. X. Mallin, 3. R. Nuriddinov, S. Rajabov, H. Sulaymonov, H. T. Tursunov, M. Shayxzoda, E. Y. Yusupov, Y. Gʻulomov, H. Homidiy va boshqa professoroʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitetda „Pedagogik taʼlim“ (1999-yildan), „Axborot texnologiyalari“ (2002-yildan) jurnallari, „Maʼrifat yoʻlida“, „Pedagog“ koʻp tirajli gazetalar nashr etiladi. 2004-yilgacha universitet 74 mingga yaqin mutaxassis tayyorlagan. 2004-yil 23-martda universitet oldidagi maydonda Nizomiy Ganjaviy haykali (meʼmori Valeriy Akopjanyan, haykaltaroshi Ilhom Jabborov) oʻrnatildi. Mazkur haykalning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti I. Aliyev ishtirok etdi.

Universitet muzeylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda universitetda universitet tarixi muzeyi hamda arxeologiya va oʻquv zoologiya muzeylari kabi muzey majmuasi mavjud[4].

Taniqli bitiruvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet bitiruvchilari orasida taniqli shaxslar koʻp. Masalan: Z. Nuriddinov, Shukrullo, Shuhrat, Said Ahmad, U. Abdurazzoqov, Gʻ. Gʻulom, P. Moʻmin, I. Sultonov, akademik Shaniyazov, general-leytenant Xudaybergenov, rassom N. Gilmanova va boshqalar.

Hozirda universitetda 24 338 ta talaba tahsil oladi. Ulardan 5 649 tasini yigitlar, 18 689 tasini qizlar tashkil etadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]



Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „История университета“. 2017-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.
  2. „Ташкентский государственный педагогический университет им. Низами“ (deadlink). 2017-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.
  3. „История университета“. 2017-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.
  4. „Музеи университета“. 2017-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.